O'zaro pedagogik ta'sir etish mahorati, o'qituvchining kommunikativ qobiliyati

O'zaro pedagogik ta'sir etish mahorati, o'qituvchining kommunikativ qobiliyati

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zaro pedagogik ta'sir etish mahorati, o'qituvchining kommunikativ qobiliyati - rasmi

Material tavsifi

O'zaro pedagogik ta'sir etish mahorati o'qituvchining kommunikativ qobiliyati REJA: O'zaro pedagogik ta'sir va uning vazifasi. O'qituvchining o'quvchi bilan o'zaro munosabatga kirishi. O'zaro ta'sirda muloqot madaniyati. O'zaro pedagogik ta'sir etish va uning vazifasi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'limiy va tarbiyaviy islohotlarning maqsadi -- komil insonni shakllantirishdir. Bu borada pedagogik tizimdagi fanlarning ahamiyati kattadir. Shu jumladan, «Pedagogik mahorat» fanini o'qitishda talabalarda mustaqillik va ijodiy fikrlashni rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. O'z - o'zidan ayonki, pedagogik mahorat fanidan dars beruvchi oliy maktab o'qituvchisi, kuchli mahorat egasi o'z kasbining ustasi bo'lishi bilan birga keng dunyoqarashli, ichki va tashqi madaniyati bir - birini tuldiradigan hamda boy pedagogik, hayotiy tajribaga ega bo'lishi lozim. Chunki bo'lajak mutaxassis o'qituvchi shaxsi va uning kasbiy sifatlariga alohida e'tibor karatadi. Shu bilan birga «O'qituvchining nutq mahorati», «Pedagogik jarayonda e'tiqod va ishontirish», «O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati», «O'qituvchining tarbiyachilik mahorati», «Ota - onalar bilan ishlash mahorati» kabi mavzularni o'rganish chogida talaba - domla, o'qituvchi - o'quvchi, o'qituvchi - ota - ona, o'qituvchi - ma'muriyat kabi munosabatlarga xos bo'lgan o'zaro ta'sir, muomala, ularning yechimlari to'g'risida, munosabatlari to'g'risida daslabki ko'nikma va malakalarga ega bo'ladi. Ana shunday sharoitda tajribali, ijodkor, izlanuvchan o'qituvchi o'z shogirdlarini ijodkorlik ishlariga keng jalb qilib, zamonaviy metod va usullar asosida o'quvchida qaror topayotgan shaxsiy sifatlar usib borishini o'rganib boradi. Olingan ilmiy ma'lumotlar bolani muayyan kasbga, mehnatga, oilaviy hayotga tayyorlash imkoniyatlarini beradi. «O'qituvchi - talaba» hamkorligiga xos kasbiy mahorat qirralarini yanada oydinlashtiradi. O'zaro pedagogik ta'sirda o'qituvchining o'quvchilar bilan muomala madaniyati. Bolada intizom - madaniy xulq, boshlang'ich ko'nikma va malakalari shakllanishi deb kabul qilish mumkin. Ma'lumki, ehtiyojlar rivojlanib faoliyat motivlariga aylanadi. Bu yerda aytmokchi bo'lgan narsa intizom va madaniy xulq sifatlarining bola ehtiyoj motivlari sifati. Ular zaminida kelib chikadigan muhim faoliyat turlari bilan bog'liqligidir. Bolalar bosqichma -bosqich emotsional - hissiy, ijtimoiy, o'quv, foydali ish, yexnat faoliyatlarini utaydilar. Har bir ma'lum yoshda yuqorida zikr etilgan bir faoliyat turi muhim bo'ladi va bola shaxsi rivojlanishida xal qiluvchi ahamiyatsha ega bo'ladi. Bolalar dastlab faoliyat turi bilan shug'ullanishar ekan, natijalar samarali bo'lishi, xatti - harakatlar zarurligi, shuningdek ushbu faoliyat jarayonida bashqa tengdoshlari, kattalar bilan to'g'ri shaxslararo munosabatlarga qirra bilish bilan ham bog'liqligini amaliyotda o'zlashtirib oladi. O'qituvchi o'quvchilari bilan shaxslararo intizom va madaniy xulq tarbiyasini muvaffakkiyatli amalga oshirish uchun o'qituvchi tashqaridan turib ta'sir etish usullaridan emas, balki o'quvchining muhim faoliyati yaqin rivojlanish chegarasi bilan bog'liq bo'lgan ehtiyoj - motivlar tizimi maqsadlarini rivojlantirish uslublari asosida tarbiyalanuvchilar bilan hamkorlik qilish kerak. Bir so'z bilan aytganda, o'zaro munosabatlar va intizom madaniy xulq tarbiyasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.98 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.98 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga