O'zbek badiiy nasrining shakllanish bosqichlari

O'zbek badiiy nasrining shakllanish bosqichlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbek badiiy nasrining shakllanish bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbek badiiy nasrining shakllanish bosqichlari Reja: 1. Mumtoz nasr poetikasi o'zbek adabiyoti tarixining ajralmas qismi. 2. Nasr va nazmning qorishiq kelishi. 3. Bevosita nasrda yozilgan asarlar. 4. She'riy asarlardagi nasriy sarlavhalar. Ko'p asrlik tarixga ega bo'lgan o'tmish o'zbek adabiyotini nasrsiz, nasriy asarlarsiz tasavvur etish qiyin. Yozma adabiyotda avval nasriy asarmi, yoki nazm namunasi maydonga kelgan, degan savol bilan murojaat etsak, aniq javob topish murakkabligi ayon bo'ladi. Bu masala arab, fors-tojik, turkiy adabiyotda ham muammoligicha qoladi. Hozirgacha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda nasrning dastlabki namunalari yozma adabiyot vujudga kelishi bilan yaratilganligi, u vaqtda nazm adabiyot turi sifatida mavjud bo'lmaganligi haqida ma'lumotlar bor. Nasr inson, inson hayoti, jamiyat va tabiat hodisalari haqidagi ma'lum bir fikrlarning badiiy so'z vositasi bilan, nazmdagi va dramatik asarlardagiga nisbatan boshqacha qonun-qoidalar asosida erkin ifodalanishini bildiradi. Tarixda birinchi yaratilgan nazm asarini aniqlash qanchalik qiyin bo'lsa, dastlabki yaratilgan nasriy asarni aniqlash ham shuncha qiyin. So'z san'tining boshi fol'klorda bo'lgani kabi nasr ham halq og'zaki ijodidan boshlangan. Nazm so'z san'ati va madaniyatining rivojlanishi natijasida kyoyinroq yuzaga kela boshlagan desak, xato bo'lmas. Birinchi mif va ertaklar halq tomonidan yaratilganini ko'zda tutsak, adabiyot nasr bilan boshlangan, degan fikr o'z-o'zidan ravshan bo'ladi. Qadimgi turkiy halq dostonlarida ham ko'p fikr, asosiy syujet chizig'i nasr orqali ifodalangani, bu xususiyat kyoyingi dostonchilikda ham (Alpomish. Go'ro'g'li, Avazxon va boshqalar) saqlangani, nazm bilan nasrning aralash kelishi buning dalilidir. Alisher Navoiy Lison ut - tayr asarida: Nazmu nasrim kotibi taxminshunos, YOzsa yuz ming bayt etar erdi qiyos, - (Lisout-tayrdan) Der ekan, turli tarixiy davrda nasr va nazmning bir-biridan ustunligi va zarurligi nuqtai nazaridan bahs-munozaralar bo'lib turgan. Birok hamma davrda ham adabiyotning bu ikki turi yashab kelgan. Kupgina asarlarda nasr nazmni, nazm nasrni tuldirib kelgan, yoki boshqacha qilib aytganda mualliflar nasriy asarlarida bayon etgan fikrlarini yanada mantikiy yuksaltirish, uning shiradorligini oshirish, davr adabiy-estetik talabining so'z jozibasiga nisbatan kuygan mezonini me'yorga yetkazish uchun she'riy parchalardan foydalanganlar. Bu an'ana o'zok tarixga ega bo'lib, xind adabiyotida Ramayana, Panchatantra, Kalila va Dimna, arab adabiyotida kupgina asarlar (Al-Saolibiyning Yatimatad-daxr tazkirasi, Ibn-al-Asrning Komil-fid-ta'rix, Ibn Hallikoning Vadayotal-a'yon va b.) hamda arab tilida yaratilgan Forobiy, Ibn Sinoning asarlari (xatto tibbiy asari Dorushshifo )da, fors-tojik adabiyotida Sa'diyning Guliston, Nosir Xisravning Safarnoma, Jomiyning bahoriston, turkiy adabiyotda Rabg'o'ziyning Qisasi Rabg'o'ziy, Yusuf Amiriyning Bang va Chog'ir , Navoiyning barcha nasriy asarlari, Boburnomada yorqin ifodasini topgan. Bu ijobiy an'ana kyoyingi asarlarda, hatto har bir davr uchun ma'naviy zarurati adabiyot, tarixiy, ilmiy asarlarda yashab kelishidan dalolatdir. O'rta Osiyolik ulug' olim Abu Nasr Forobiy (873-950) (Al-Muallim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.18 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.18 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga