O'zbek frazeologiyasining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti

O'zbek frazeologiyasining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbek frazeologiyasining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

O'zbek frazeologiyasining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti Tayanch so'z va iboralar: frazeologizm, ibora, frazemalarning sintaktik qurshovi, frazeologizmning birikuvchanligi, frazeologik shakllanish, frazeologik norma (me'yor), frazeologik normaning buzilish hollari, frazemalarni lug'atlarda kodifikatsiyalash, maktabda frazeologizmlarni o'rganish, frazeologik konversiya, frazeologik transpozitsiya, frazeologizmning pragmatik xususiyati . Mustaqillik, istiqlol shabadasi boshqa fanlar qatori mamlakatimizda tilshunoslik fani ravnaqiga ham kuchli ta'sir ko'rsatdi. Mustaqillik davrida tilimizning frazeologik boyligini to'la qamrab oluvchi turli xil izohli lug'atlar, so'zliklar yaratishga alohida ahamiyat berildi. Masalan, Sh.Rahmatullaevning «O'zbek tilining frazeologik lug'ati» (1992), M.Sodiqovaning Qisqacha ruscha-o'zbekcha barqaror iboralar lug'ati (1994), Mahmud Sattorning O'zbekning gapi qiziq (1994), B.Yo'ldoshev, K.Bozorboevning O'zbek tilining frazeologik lug'ati (so'zlik, 1998), Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedovlarning Manolar mahzani (2001) singari leksikografik asarlar shular jumlasidandir. Mustaqillik yillarida o'zbek frazeologiyaning nazariy masalalarini o'rganishga etibor kuchaydi. Jumladan, tadqiqotchi Q.Hakimov sodda gap qolipli joni kirib qoldi, boshi ko'kka etdi, yuragi orqasiga tortib ketdi, boshi osmonga etdi, yuragi shuvillab ketdi, og'zi ochilib qoldi, yuragi qoq yorilayozdi singari frazeologizmlarni komponent tahlil metodi asosida o'rgandi, shu mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi1. Q.Hakimovning tadqiqoti shuni ko'rsatadiki, frazeologizmlarning yuzaga kelishi faqat mano hodisasidir. Uning tarkibidagi bo'laklar o'rtasida shakllangan sintaktik munosabat o'z qimmatini saqlagan, o'zgarishga uchramagan holatda qoladi. Bunda sodda gap qolipli frazeologizmlar garchi mano jihatdan til birligi holiga kelib qolgan bo'lsa ham, sintaktik jihatdan sodda gaplik qimmatini saqlaydi. U nutq tarkibida gap sifatida olinib, boshqa bo'laklar unga moslashtiriladi va uning biror bo'lagiga bog'lab qo'llanadi [Hakimov Q. O'sha asar, 20-bet]. Frazemalarni komponent tahlil qilishning ayrim natijalari Sh.Rahmatullaevning ilmiy maqolasida va 1992 yilda nashr etilgan O'zbek tilida fel frazemalarning bog'lashuvi nomli monografiyasida ham umumlashtirilgan. Jumladan, Sh.Rahmatullaev tabi xira, dili siyoh, bag'ri qon frazemalarining semantik strukturasini quyidagicha qiyoslaydi: Har uch frazemadan hafalik manosi anglashiladi, lekin bu xafalik tabi xira frazemasida boshlang'ich bosqichda (bir oz), dili siyoh frazemasida normal holatdan yuqoriroq (normadan kuchliroq darajada), bag'ri qon frazemasida esa eng yuqori bosqichda (o'ta kuchli darajada) ekani anglashiladi. Shunga ko'ra tabi xira frazemasi kayfiyati bir oz yomon holatda manosini anglatsa, dili siyoh frazemasi ruhiyati yomon manosini, bag'ri qon frazemasi esa g'am-alam, iztirob bilan to'lib-toshgan manosini anglatadi. Manodagi bu qadar katta farqlanish yuqoridagi uch frazema o'zaro sinonim emasligini ko'rsatadi. Asli manodagi bunday farqlanishni emotsiyaning kuchli-kuchsiz darajada kechishi semasi deb emas, balki mano gradatsiyasi semasi deb nomlash to'g'riroq2. Prof.Sh.Rahmatullaevning takidlashiga ko'ra, dodini bermoq, ko'ngliga tugmoq, yo'lga solmoq kabi fel frazemalardagi bog'lashuv ko'p qirrali o'ta murakkab hodisa bo'lib, o'z doirasiga turli-tuman sintaktik, semantik hodisalarni qamrab oladi. Bog'lashuv imkoniyati til birligiga mansub xususiyat deb qaralgani bilan, bu xususiyat til birliklarining o'zaro bog'lashuvida namoyon bo'ladi, moddiylashadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.91 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.91 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga