O'zbek milliy taomlari

O'zbek milliy taomlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbek milliy taomlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbek milliy taomlari O'zbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida eng shirin, xilma - xil taomlardandir. Sharq madaniyatida mehmonni dasturxonga turli shirinliklar, murabbolar qo'yish, shirin taomlar tayorlab olib kelish odatga aylangan. O'zbekiston xalqlari orasida ham bu odatlar juda rivojlangandir. O'zbek milliy taomlaridan juda ko'pchiligi sharqda ham, g'arbda ham mashhurligini inobatga olib, biz o'zbek milliy taomlarini tayorlash, dasturxonga tortish haqidagi o'z fikrlarimizni sizga tortiq etmoqdamiz. Palov Osiyoning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan taom. Masallig'i va tayyorlanish uslubi bo'yicha xilma-xil turlarga bo'linadi va har bir mamlakatda o'zagcha tarzda tayyorlanadi. Taom asosini guruch tashkil etadi. Ushbu masalliqdan tashqari yog', go'sht, sabzi, piyoz va boshqa masalliqlardan tashkil topgan. Palov tayyorlanish va tarqalish bo'yicha asosan O'rta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari orasida ommabop hisoblanadi. JumladanO'zbekistonda o'zbekcha palov o'zbek oshxonasining eng asosiy taomlaridan biri hisoblanib, har bir xonadonda, to'y-hashamlarda va dunyoning boshqa davlatlarida sevib iste'mol qilinadi. Somsa Xamirli taom turi. O'zbek pazandaligida somsa asosan, tandirga yopib dumaloq shaklda tayyorlanadi. Hozir gaz duxovkalarida uchburchak va to'rtburchak shaklida ham pishiriladi. Somsa tayyorlash uchun bug'doy unidan xamir qorilib, jild tayyorlanadi. Somsaga ko'pincha sirka, pomidor qaylasi, Jizzax somsasiga esa o'simlik moyi sepilib tanovvul qilinadi. Yevropadavlatlari ko'chalarda hot-dog sotilganidek, O'zbekiston, Qozog'iston, Tatariston, Qirg'iziston kabi davlatlarning aholi yashash joylarida somsa ko'chma tandirlarda yopilib, ko'chalarda, bozorlarda ham sotiladi. Norin Masallig'i va tayyorlanish uslubi bo'yicha xilma-xil turlarga bo'linadi va har bir mamlakatda o'zagcha tarzda tayyorlanadi. Taom asosini qo'y, ot yoki mol go'shti (ba'zan, qazi) tashkil etadi. Halim Halim - bug'doy va mol go'shtidan tayyorlanadigan qadimiy taom, o'zbek pazandaligida tansiq taomlardan biri. Uzoq qaynatib pishiriladi. Buxoro va Samarqand viloyatlarida halisa deb ham nomlanadi. H. tayyorlash uchun qayroqi bug'doy bir oz namlanib, yog'och keli (o'g'ir)da tuyilib, sovuq suvda yuviladi, so'ng 5 - 6 soat davomida iliq suvda ivitiladi. Moshxo'rda Mosh va guruchli taom bo'lib, u har kuni qilinadigan va mehmonga ham tortiladigan o'zbek taomlaridan biridir. Bu taom juda mazali va foydali. Mosh va guruch , go'sht, piyoz, sabzi (qizil sabzi)dan tayyorlanadigan qadimiy taom, o'zbek pazandaligida tansiq taomlardan biri. Qovurma Lag'mon Qovurilgan lag'mon tayyorlash uchun, mol yoki qo'y go'shti, piyoz, shirin bulg'or qalampiri, sabzi, tuxum, ko'kat, o'simlik yog'i, pomidor kerak bo'ladi. Go'sht mayda to'tburchak shaklida to'g'raladi. Go'sht o'simlik yog'ida 15 daqiqa davomida qovuriladi. Agar go'sht qattiqroq bo'lsa idishning qopqog'ini yopib bir oz yumshatiladi. So'ng tuz va achchiq murch solinadi. Piyoz, sabzi va bulg'or qalampiri somoncha shaklida to'g'raladi. Go'shtga to'g'ralgan piyoz solib 15 daqiqa davomida qovuriladi. So'ng to'g'ralgan bulg'or qalampiri va sabzi solinib, yumshoq bo'lgunga qadar qo'vuriladi va tabga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.13 MB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.13 MB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga