O'zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari

O'zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari Reja: 1. Muloqot xulqi haqida umumiy tushuncha. 2. Muloqotda nolisoniy vositalardan foydalanish. 3. Muloqot xulqining ijtimoiy mohiyati. Tilshunoslikda tilning ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyot sharoitini o'rganuvchi soha sifatida yuzaga kelgan sotsiologlar va tilshunoslarning tobora bir-biriga yaqinlashtirayotgan zamonaviy-sotsilolingvistika shu fan sohasidagi o'ta nazariylik, notiqlik va aynan shuning oqibatida yuzaga kelayotgan ayrim nuqsonlarni ko'rsatib bermoqda. Bunga muloqot jarayonining o'ta murakkab va serqirra ekanligini va xuddi shuning uchun ham alohida bir fanning o'zi bu muammoni yaxlit tadqiq etishga ojizlik qilganligini sabab qilib ko'rsatish mumkin. Natijada, sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika kabi yangi soha va yo'nalishlar yuzaga keldi, inson nutqini aynan mana shunday tutash nuqtasida tadqiq etish o'ta murakkab jarayon bo'lgan muloqotning asl mohiyatini, uning o'ziga xos qonuniyatlarini atroflicha o'rganish imkonini beradi. Umuman, bugungi kunga kelib, muloqotlar jarayonini kompleks, yani ijtimoiy-lisoniy aspektda tadqiq etishga ehtiyoj paydo bo'ldi. Muloqot deganda aloqa, fikr almashinish, so'zlashish jarayonida bevosita va bilvosita qatnashadigan tarkibiy qismlar nazarda tutiladi. Malumki, har qanday muloqotda so'zlovchi va tinglovchi komponentlar sifatida, albatta, ishtirok etadi. Bu muammoga bag'ishlangan ko'pgina adabiyotlarda so'zlovchi, yani xabar beruvchi, gapiruvchi adresant kommunikator deb, adresantning nutqi qaratilgan shaxs tinglovchi, adresat kommunikant deb muloqotda bevosita ishtirok etuvchi omillar esa ta'sir birliklari deb yuritiladi. ta'sir birliklarini shartli ravishda quyidagi ikki guruhga bo'lib tahlil etiladi: I. Ichki ta'sir birliklari. Bunga adresant va adresat shaxsi bilan bevosita bog'liq quyidagi belgi-xususiyatlar kiradi,: millati, jinsi, yoshi, ijtimoiy belgilari TB ga yaqinlik darajasi. II. Tashqi ta'sir birliklari. Bunga muloqotga ta'sir etuvchi quyidagi tashqi omillar kiradi: I. Muloqot vaqti, vaziyat, holat: ijtimoiy muhit. Yevropalik qator tilshunos olimlar, xususan Amsterdam (Gollandiya) universitetining professori, nufuzli lingvist Tayn A van Deyn MX masalasiga doir keng qamrovli tadqiqotlari bilan muhim ishlar qilgan. Uning fikricha, MX zamonaviy lingvistik grammatika, matn tushunchasi va uning paydo bo'lishida, ommaviy axborot tizimida tilning tutgan o'rni kabi masalalarni ijtimoiy-lisoniy nuqtai-nazardan tadqiq etishda katta ahamiyat kasb etadi. Muloqot xulqi (MX) muammosini milliy xarakter-millat aholisining o'ziga xos urf-odatlari, qadriyat va an'analari (tashqi TB) ni hisobga olmasdan turib o'rganish mutlaqo mumkin emas. Chunki MX millat xarakterining uzviy bir qismi bo'lib, ular bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Milliy xarakter deganda, malum ijtimoiy guruh o'rtasida asrlar mobaynida avloddan-avlodga o'tib kelgan o'ziga xosliklar majmui tushuniladi. Milliy xarakterga mazkur millat aholisi sig'inadigan din, atrof-muhit va ijtimoiy turmush tarzi jiddiy ta'sir ko'rsatadi va bu ta'sir o'z-o'zidan MX da namoyon bo'ladi. Nolisoniy vositalarni qo'llashda ham milliy o'ziga xosliklar kuzatiladi. Jumladan, shunday imo-ishoralar borki, ular shartli xarakterga ega bo'lib, milliy xususiyatlar kasb etishi mumkin. Chunki u jamoa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.35 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.35 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga