O'zbek nasrining ilk manbalari Reja: 1. Qadimgi yozma yodgorliklar. 2. O'rxun-Enasoy yodgorliklarining janr xususiyati va nasrga xos belgilari. 3. Mahmud Qoshg'ariyning Devoni lug'otit turk asari. 4. Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig asari. 5. Ahmad Yugnakiyning Hibatul-haqoyik asari. Bu fan matn tahlilining umumiy yo'nalishlari, usullari va uslublari bilan amaliy tanishtiradi. Badiiy asar tahlili orqali uning g'oyaviy mag'zini, estetik qiymatini, badiiy tasvir vositalarini, janr xususiyatlarini bilib olasizlar. Ona tili adabiyot fani bilan bog'liq. Fanimiz ona tiliga bog'liq holda o'tiladi. CHunki yozuvchi va shoirlarning asarlarini o'rganishda til va adabiy til qoidalarini bilish zarurligini ko'rsatadi. Badiiy matnni poetik tahlil qilish usul va yo'llari to'liq ifodasini topgan ishlar juda kam. O'zbek adabiyoti tarixi qanchalik uzoq asrlarga borib taqalsa,undagi nasr ham shu darajada qadimiydir.Vatanimizning boshqa xalqlari kabi o'zbek xalqi tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni haqiqiy ardoqlash, yig'ish va saqlash, ilmiy o'rganish va targ'ib etish (Zohidov V.O'zbek adabiyoti tarixidan.T.,1961,3-bet) zarurati nasrimiz tarixini ham chuqur va atroflicha tadqiq qilish masalalarini keltirib chiqaradi. O'zbek xalqining ilk manshalari dastlab xalq og'zaki ijodi bilan bog'lanadi. Xalqimiz tilida ming yillar davomida nasldan naslga, og'izdan og'izga ko'chib yurgan ertaklar,qissalar,shubhasiz o'z ibtidosini (boshlanishini) juda qadim zamonlardan oladi. O'rta Osiyo xalqlarining uzoq tarixga ega bo'lgan adabiyotini o'rganish unda nasrning nazm bilan yonma-yon taraqqiy etib kelganligini ko'rsatadi. Odam yozuvni ixtiro qilganidan boshlab badiiy tafakkur hosilalarini u yoki bu darajada bayon etishga o'rgangan ekan,demak,u boshqa janrlar qatorida nasrga ham murojaat etgan. Afsuski, biz nasrning ana shu ilk namunalariga ega emasmiz.Lekin bu janrning bugun bizga ma'lum namunalari o'rtasida Avesto, O'rxun-Enisey yodgorliklari singari muhim manbalarning mavjudligi O'rta Osiyo xalqlari adabiyotida nasrning o'ziga xos yo'l bosib o'tganligi va rang-barang boyliklarga ega bo'lganini ko'rsatadi. Bizgacha etib kelgan yozuv yodgorliklari bu ajdodlarimizning qadimgi hayoti,urf-odatlari,so'z boyligini ifodalovchi manbalardir. Mug' tog'i qasrida topilgan sug'd kalendari, Dunxuanda (sharqni Sintszyan) topilgan sug'd tilidagi ona bilan qiz o'rtasida yozilgan oilaviy xat kabilar shu xarakterda bo'lib,badiiy proza elementlariga ega. Ma'lumki,O'rxun-Enasoy yodgorliklari,O'rta Osiyo xalqlarining VI - VII asrlarga oid qimmatli yodgorliklari bo'lib,unda qabr toshlariga uyib yozilgan ta'rix,marsiya va turli hujjatlar badiiy ifoda etilgan.Ushbu yodgorliklar qator olimlarning diqqatini tortgan, chuqur tekshirilgan.SHunga qaramay, hanuzgacha uning janr xususiyatlari haqida turlicha fikrlar mavjud.Masalan, V.Jirmunskiy, A.SHcherbak kabi olimlar uni proza yodgorligi deb atasalar, A.Bernshtam, I.Stebleva, A.Qayumov kabi olimlar uni turk xalqlari poeziyasining go'zal namunasi degan xulosaga keldilar. Buni I.Stebleva o'zining shu yozuv tadqiqotiga doir maxsus kitobida asoslashga harakat qiladi: O'rxun asarlarining badiiy tuzilish vositalari majmuasi, ma'nolar parallelligida ritmlardan ustalik bilan foydalanish, ohangdosh so'zlarni keng ravishda ishlatish, sajlarning yuqori darajali tartibi, kinoya, qochirimlarning xilma-xilligi qadim turk ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.42 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.42 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: doc