O'zbek tili darslarida ta'limning yangi shakllari. ilg'or pedagogik texnologiyalar. Innovatsion ta'lim usullari. an'anaviy va noan'anaviy darslar Reja: Texnologiya. Zamonaviy axborot texnologiyalari. ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati va muammolari. Innovatsion ta'lim usullari. Pedagogik texnologiyalar va ta'lim metodlari. ta'limni texnologiyalashtirishda o'qituvchilarning o'rni va roli. Pedagog ta'lim jarayonini loyihalovchisi, yurituvchisi va uni boshqaruvchisi sifatida. Novator (ijodkor) o'qituvchiga xos sifatlar. Interfaol usullar. Malumki, umumta'lim maktablarida fanlarni o'qitishning eskicha usullari zamon talabiga to'la javob berolmay qoldi. o'qituvchilarning o'qitish tizimidagi o'rnini belgilash hozirgi kunning muhim masalasidir. hozirgi zamon maktab o'qituvchisi mumkin qadar mustaqil, erkin faoliyat ko'rsatish yo'lidan bormogi lozim. Buning uchun unda chuqur bilim, tajriba, iqtidor va shu bilan birga, bolalarga bilimni etkaza olish mahorati bo'lishi zarur. Zero, «biz o'z istedodli, fidoiy bolalarimizga, farzandlarimizga bilim va kasb cho'qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak». Boshqacha aytganda, o'qituvchi zamon bilan hamnafas faoliyatda bo'lmogi muhim. Biroq bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va bilim berish tizimi hayotimizda, jamiyatimizda bo'layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan boglanmaganligi har tomonlama sezilmoqda. Til ta'limi misolida fikr yuritadigan bo'lsak, maktab o'quvchisi dars davomida turli hajm va murakkablikdagi ko'plab topshiriqlarni bajarsa-da, og'zaki va yozma savodxonligi sezilarli o'zgarmayapti. o'quvchilarning ko'pchilik qismida ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllarda to'gri, ravon ifodalash ko'nikmalari hamon past saviyada qolib kelmoqda. Bu holning asosiy sabablarini faqat o'qituvchiga to'nkash yoki maktablarning moddiy-texnikaviy qashshoqligidan izlash adolatsizlik bo'lardi. Mavjud holat ko'p jihatdan til ta'limining maqsadi, mazmuni va usuliga aloqador bo'lib, uni yangilash hayotiy zaruriyatga aylanib qoldi. Bu o'rinda tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Shu maqsadda o'qituvchilarga bazi nazariy ma'lumotlarni eslatib, ularga etarli tushuncha berishni lozim topdik. Pedagogik amaliyotda dars insoniyat to'plagan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish jarayoni sifatida talqin qiinadi. Dars ishtirokchilarining rolini (vazifasini) belgilash uning samaradorligida muhim ahamiyatga ega. Malumki, ta'lim jarayonining subyekti va obyektini belgilash doim turli bahslarga sabab bo'lgan. Ilgari amalda bo'lgan dastur va darsliklarda o'qitishning deduktiv usuli ustun turardi, yani qoidadan tahlilga, umumiylikdan xususiylikka borilardi. Bu usul til materiallarini nihoyatda ixcham shaklda bayon qilish imkoniyatini yaratsa-da, o'quvchilarni passiv holatga qo'yardi. Chunki umumiy qoida, xulosa va ta'riflardan amaliy ishga o'tish jarayonida o'quvchining fikrlash faoliyati chegaralanadi. U o'rganilayotgan til materiallarini o'z aqliy faoliyati jarayonidan o'tkaza olmaydi. Bu hol, shubhasiz, bolani ta'lim jarayonining subyekti, yani faol ishlovchisiga emas, balki obyekti, yani tinglovchisiga aylantirib qo'yadi. Bugungi kunda amalda bo'lgan o'zbek tili darsliklari esa o'quvchini induktiv usulda o'qitishga asoslangan, yani har bir ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.96 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.96 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: doc