O'zbek tili darslarida yozma ishlar, ularni o'tkazish yo'llari va usullari. Yozma ishlarni baholash mezoni Reja: Yozma ish turlari. 2.Ijodiy ish turlari. 3.Yozma ishlarni baholash mezoni. 4.DTS dagi talablar haqida. Respublikamizda Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun DTS ishlab chiqilganligi munosabati bilan yozma ishlarga bo'lgan talablar ham ortmoqda. DTS da ko'rsatilganidek, o'quvchi 5-10 daqiqa ichida mustaqil ijod qilib, o'zining fikr-mulohazalarini sodda, ravon tilda mukammal ifoda qilish va kamida 20-25 ta jumla yoza olishi kerak. Shundan kelib chiqqan holda bu yilgi bitiruvchi o'quvchilar oldiga alohida talablar qo'yilmoqda. o'zbek tili darslarida yozma ishlarning har xil turlaridan foydalaniladi. o'quvchilar insho-ijodiy ishning oddiy ko'rinishi, ilmiy, badiiy, erkin, ramziy insholar, ilmiy insho turlari, adabiy insholar, ilmiy-adabiy insho (asar tahlili, yozuvchi ijodi, asar qahramonlarining tavsifi kabi), adabiy ijodiy insho (adabiy asar asosida shaxsiy taassurotlar va mulohazalar (erkin insho, ramziy insho), biror mavzu bo'yicha o'z tasavvuri asosida izchil bayon qilish, yozilgan inshoni takomillashtirish yo'llari, inshoga taqriz yozish ustida ishlash kabi zarur bilimlar bilan qurollanishlari va amaliy ko'nikma hamda malakalar hosil qilishlari lozim. Xar bir o'quvchi ijodiy ishni yozishdan oldin mavzuni to'liq o'zlashtirgan va mustaqil tahlil qila oladigan bo'lishi kerak. Tanlangan mavzuni dalillar asosida, manbalar bilan boyitgan holda ijodiy yondashib bayon etishi kerak. Dars jarayonida amalga oshiriladigan yozma mashg'ulotlarning aksariyati ko'chirib yozish, savollarga javob yozish, tayanch so'zlar asosida matn yaratishdir. Yozma mashg'ulotlar o'quvchilarning yoshi va bilim darajasiga qarab soddadan murakkabga tomon berilishi kerak. Shuning uchun ham biz, avvalo, yozma nutq o'zi nima, uning ta'lim jarayonidagi ahamiyati, o'rni haqida qisqa to'xtalib o'tmoqchimiz. Yozma nutq faoliyati insoniyat uchun eng mahsuldor tur hisoblanadi. o'quvchilarni yozma nutqqa o'rgatish uning salmogini oshirish yo'li bilan asta-sekin murakkablashib borishi kerak. Maktabda yozma ishlar qaysi maqsadda o'tkazilishiga qarab ikki turga bo'linadi: a) ta'limiy yozma ishlar: diktant, bayon, insho; b) tekshiruv (nazorat) yozma ishlari. Yozuv grammatik nutq malakalarini ixcham shakllantirish vositasi sifatida o'quvchining shaxsiy yozma nutqini tuzishda (xat, tabrik so'zi, taklifnoma, tajrimai hol, qisqa nutqlar, tezislar va hoka'zolar) ko'nikma va malakalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bu mashg'ulotlarni o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish mashg'ulotlari deb ataymiz. o'zbek tili darslarida nutq o'stirish uchun og'zaki va yozma nutq o'stirishning alohida usullaridan foydalaniladi. Bu usullar bir-birini taqozo qiladi va bir-birini to'ldiradi. og'zaki nutq o'stirishning eng samarali usullari, bizningcha, quyidagilar: Badiiy matnni ifodali o'qish. Badiiy asarni yoki uning parchasini yod olish. 3. Badiiy matnni izohli o'qish. 4. Tushunilmagan so'zlar ustida ishlash. 5. Badiiy matnni qayta hikoyalash. 6. Matn qismlariga sarlavhalar topish. 7. Savollarga javob topish. 8. Asar g'oyasiga mos xalq maqollarini topish. 9. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.92 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.92 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: doc