O'zbek tili darslarida yozuvchilarning hayoti va ijodini o'rganish. O'zbek tili darslarida badiiy asar matni ustida ishlash va tahlil

O'zbek tili darslarida yozuvchilarning hayoti va ijodini o'rganish. O'zbek tili darslarida badiiy asar matni ustida ishlash va tahlil

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbek tili darslarida yozuvchilarning hayoti va ijodini o'rganish. O'zbek tili darslarida badiiy asar matni ustida ishlash va tahlil - rasmi

Material tavsifi

O'zbek tili darslarida yozuvchilarning hayoti va ijodini o'rganish. O'zbek tili darslarida badiiy asar matni ustida ishlash. O'zbek tili darslarida badiiy asar tahlili Reja: O'zbek tilini o'rganishda badiiy asar tahlilining o'rni. Badiiy asarning qimmati. Asar mazmunini o'rganish bosqichlari. Umumta'lim maktablarda o'zbek tili darslarida badiiy asar tahliliga ham katta ahamiyat beriladi. o'zluksiz ta'limning mazkur bo'ginida badiiy asarning o'ziga xos syujeti va kompozitsiyasini, tasvir usulini, asar qahramonlarini o'rganish orqali muallif nuqtai nazarini mushohada qilish, epik asarning badiiy tafakkur tarzini tahlil etish va asarga estetik baho berish me'yorlarini o'quvchilarning o'zlashtirib olishlariga erishish - asosiy ta'limiy maqsadni tashkil etadi. Yozuvchilarning turli janrlarda yaratilgan epik asarlarini o'rganish jarayonida o'quvchilar adabiy asarlar muayyan janr talabi asosida yaratilishini o'ziga xos kompozitsion qurilishiga, badiiy tasvir usuliga, bayon tarziga, hayotiy hodisalarni qamrab olish xususiyatiga ega ekanligini tushunib oladilar. o'lar, shuningdek, muayyan bir janrda ijod qilgan yozuvchilarning asarlari o'ziga xos uslubi, tafakkur tarzi, mavzusi, hayotiy materiali, muammolari, syujeti, qahramonlari, badiiy tili kabi qator unsurlarga ko'ra bir-biridan farq qilishini anglab etadilar. Ayni paytda ular har qanday badiiy asar markazida inson timsoli turishini, nasriy asarlarni o'rganishda ularga ham boshqa adabiy turga mansub asarlar kabi badiiyat talablari asosida yondoshish lozimligini tushunib oladilar. hayotiy hodisalar va badiiy timsollarning ta'sirchanligi, ijodkorning badiiy bo'yoqlardan foydalanishdagi san'atkorligi, badiiy asarga estetik baho berishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Epik asarlarni o'rganish va tahlil qilish vositasida o'quvchilarning og'zaki hamda yozma nutqlari takomillashib boradi, ular asardan badiiy zavq olishga, hayratlanishga o'rganadilar. Eng muhimi, o'quvchining estetik didi shakllanib boradi: go'zallik yo dagallik, noziklik yo qo'pollik tushunchalariga nisbatan o'quvchi munosabati tarkib topdiriladi. Zero, har qanday ta'lim-tarbiya yoshlarning hayotga, odamlarga, el-yurtga, ezgu maqsad va tilaklarga sog'lom munosabatini shakllantirishga yo'naltirilsagina samarali yakunlanadi. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturida ham bosh maqsad badiiy jihatdan yuqori talablarga javob beradigan asarlarni o'rganishga qaratilgan. Shuning uchun o'qituvchi qaysi sinfda mashg'ulot uyushtirishidan qati nazar badiiy adabiyotning so'z san'ati ekanligini, san'atning esa avvalo estetik didni shakllantirish vositasi ekanligini yodda saqlamogi lozim. Bizningcha, bu vazifani amalga oshirishda san'at asarini baholash mezoniga suyanish yaxshi natija beradi. o'qituvchining o'quvchi ongida hosil qilish kerak bo'lgan asosiy tushunchalardan biri san'at asarining qimmatini uning hajmi, janri, obrazlarning ko'pligi bilan emas, balki badiiy mukammalligi bilan belgilanishidir. o'qituvchi so'z san'atining san'at turi ekanligini, san'at so'zi mahorat manosini anglatishini mashg'ulotlar davomida o'quvchilar ongiga singdiradi. Mahorat, o'z navbatida, adib faoliyatining bir necha yo'nalishlarida namoyon bo'ladi. Xususan, adib avvalo o'z asarida albatta birorta yangi fikrni ifoda etishi lozim. hayotni kuzatish oqibatida oddiy inson etibor bermagan yangi bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.78 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.78 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga