O'zbek tili me'yorlari va lug'atchilik

O'zbek tili me'yorlari va lug'atchilik

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbek tili me'yorlari va lug'atchilik - rasmi

Material tavsifi

O'zbek tili me'yorlari va lug'atchilik R e j a: 1. O'zbek lug'atchiligi haqida ma'lumot. 2. Og'zaki va yozma nutq me'yorlari hamda lug'atlar. 3. Imlo lug'ati va uning amaliy ahamiyati. 4. Og'zaki nutq madaniyati. 5. Orfoepik lug'atlar. 6. Paronimlar lug'ati va uning ahamiyati. 7. Variantlilik. Variantlilikning imlo, izohli va frazeologik lug'atlarda aks etishi. Tayanch so'z va iboralar: Lug'at turlari : qomusiy, filologik. Imlo, izohli, frazeologik, sinonim, omonim, antonim, paronim, chappa, konkordans. Lug'atchilik va me'yor. Ahamiyati. Tilshunoslik fanining alohida sohasi bo'lgan leksikografiya lug'at tuzish yo'llarini o'rgatadi va uning ilmiy asoslari hamda usullarini ishlab chiqadi. Turkiyshunoslikda lug'at tuzish qadimdan boshlangan. XI asrda Mahmud Koshg'ariy tomondan tuzilgan mashhur «Devonu lug'otit turk» lug'atchiligimizning nodir namunasidir. «Men bu kitobni maxsus alifbo (ajam harflari) tartibida hikmatli so'zlar, saj'lar, maqollar, qo'shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan parchalar bilan bezadim, - deb yozadi Mahmud Koshg'ariy , - qattiq joylarini yumshatdim, qiyin va qorong'i joylarini yoritdim. So'zlarni o'z joyiga qo'yish, kerakli so'zlarni osonlik bilan topish uchun bu ish ustida bir necha yillar mashaqqat tortdim. Nihoyat, kerakli so'zlarni o'z joyida ko'zlaydigan, qiyinchiliksiz topa oladigan bir holga keltirdim. Kitobni sakkiz asosiy bo'limga chekladim: 1.Hamzalik (alif bilan boshlanadigan so'zlar) bo'limi. 2.Solim (tarkibida alif, vov, yoy bo'lmagan so'zlar) bo'limi. 3.Muzaf (bir harfi ikki marta takrorlangan so'zlar) bo'limi. 4.Misol (boshida yoy bo'lgan so'zlar) bo'limi. 5.Uch harfli so'zlar bo'limi. 6.To'rt harfli so'zlar bo'limi. 7.€unnalilar bo'limi. 8.Ikki undosh qator kelgan so'zlar bo'limi. Har bir bo'limni otlar (ismlar) va fe'llar tarzida ikki qismga ajratib berdim. Otlarni oldin, fe'llarni esa otdan keyin o'z sirasiga qarab, boblarga ajratib, o'z o'rnida oldinma-ketin ko'rsatdim. Tushunilishi oson bo'lishi uchun asarda arabcha istilohlar qo'lladim» (M a h m u d K o sh g' a r i y. Devonu lug'otit turk, 1 tom. -Toshkent, 1960, 44-45-betlar). 7500 ga yaqin so'zni qamrab olgan ushbu lug'at arablar tajribasiga tayanib, turkiyshunoslikda ilk bor lug'at tuzish usullarini belgilab berganligi bilan qimmatlidir. Ana shu an'ananing davom etishi hamda Alisher Navoiy ijodiga bo'lgan qiziqish keyinchalik XV asr va undan keyingi davrlarda Eron, Afg'oniston va Hindistonda o'zbekcha va forscha lug'atlar tuzilishiga sabab bo'ldi. Mas., Toli' Hiraviyning «Badoyiul-lug'at», Mirzo Mahdiyxonning «Sangloh» asarlari maydonga keldi (O'zbek Sovet Ensiklopediyasi, 6 tom. -Toshkent, 1975, 313-bet). XVI asrda muallifi noma'lum bo'lgan Alisher Navoiy asarlaridan foydalanuvchilar uchun «Abushqa» nomli izohli lug'at tuzildi. Ta'kidlaganimizdek, ko'p asrlik an'analarni davom ettirib kelayotgan o'zbek lug'atchiligi bugungi kunda katta tajriba to'pladi. O'zbek tilida qomusiy va tarjima lug'atlarining ko'plab turlari mavjud. O'zbek Milliy Ensiklopediyasining I va II tomlari nashr qilindi (Toshkent, 200). Turli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.72 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.72 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga