O'zbek tili nutq madaniyatining asosi Reja: 1.Adabiy til umumxalq tili, umumxalqiy tildir. 2.Adabiy til ko'p vazifali (polifunksional), yani polivalentli tildir. 3.Adabiy til - umummajburiy tildir. 4.Adabiy til - normativ til, yani muayyan lisoniy me'yorlarga solingan, grammatik qoidalar ostiga olingan tildir. 5. Adabiy til keng darajada uslubiy tarmoqlangan tildir. b.Adabiy til ham yozma, ham og'zaki shakllarga ega tildir. 7.Adabiy til umumxalq tilining, yani milliy tilning oliy shaklidir. Adabiy tilning keltirilgan belgi va xususiyatlarini keng va batafsil yoritish alohida olib boriluvchi ulkan tadkiqotlarning vazifasidir. Biz quyida ularga kisqacha to'xtalamiz. Adabiy til - umumxalqiy til. Adabiy tilning bu xususiyati bu til bajaruvchi vazifalar, u xizmat qiluvchi doiraning umumxalq xarakteriga egaligi bilan izohlanadi. Adabiy tilning umumxalqiy xususiyati aslida tilning xalqchil va demokratik asoslariga tayanadi. Adabiy til o'z polivalentligiga ko'ra, o'z vazifalari doirasining kengligiga ko'ra butun millat doirasida keng tarqaladi va umumxalq mulkiga, uning mushtarak aloqa quroliga aylanadi. Bu o'zbek adabiy tili uchun ham xosdir. Butun o'quv-o'qitish ishlari, barcha ommaviy axborotlar, ilmiy-madaniy xabarlar o'zbek adabiy tilida olib boriladi. Ilmiy-adabiy anjumanlar, ilmiy chiqishlar, yig'ilishlar o'zbek adabiy tilida o'tkaziladi, hatto kishilar kundalik turmushda o'zaro adabiy tilda gaplashishga intiladilar. Ayniqsa, bu rasmiy doiralardagi nutqlarda, muomalalarda yorqin ko'rinadi. Mana shunday omillar tufayli o'zbek adabiy tili o'zbek xalqi turmushiga, uning ilmiy, madaniy, kundalik hayoti doirasiga faol kirib borgan. Bu o'zbek adabiy tilining endilikda umumxalq mulkiga, o'zbek xalqining umumiy aloqa quroliga aylanganini ko'rsatadi. Bu o'zbek adabiy tilining umumxalqiylik xususiyatidir. Adabiy tilning umumxalqiyligi bu tilning mohiyati, vazifasi va shakllanish xususiyatlarida ham namoyon bo'ladi. Adabiy tilning umumxalqiyligi -bu tilning butun xalq uchun yagona qurol ekani va umumxalq mulki ekanligidir. Demak, o'zbek adabiy tilining umumxalqiyligi uning butun o'zbek xalqi uchun yagona aloqa quroli sifatida xizmat qilishidir. O'zbek tilining hech bir lahjasi, shevasi adabiy til o'taydigan mana shu vazifani o'tay olmaydi. Chunki ular muayyan tor hudud, mintaqa aholisi uchungina xizmat qiladi. Adabiy til malum hudud bilan chegaralanmaydi. Ushbu manoda o'zbek adabiy tili nafaqat O'zbekiston Respublikasi doirasida yashovchi o'zbeklarning, balki boshqa xorijiy davlatlarda yashaydigai o'zbeklarning ham umumiy aloqa qurolidir. Umumxalq tili ekanlik, umumxalqiylik o'zbek adabiy tilining yetakchi fazilatidir. Chunki bu xususiyat ushbu tilning asosiy maqsadi va vazifasini belgilaydi. Adabiy til umumxalqiy, umummilliy aloqa ehtiyojini qondirish uchun yuzaga keladi. Adabiy tilga xos va quyida gap yuritiladigan boshqa xususiyatlarning barchasi aslida adabiy tilning ushbu vazifasi, fazilati bilan bog'liqdir. Adabiy til ko'p vazifali tildir. O'zbek adabiy tili bajaradigan vazifalar doirasi, bu til xizmat qiladigan sohalar nihoyatda kengdir. Bu o'zbek adabiy tilining ko'p vazifali zkanini, ilmiy terminlar bilan aytilganda polifunksional, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.68 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.68 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: doc