O'zbek xalq og'zaki ijodi haqida umumiy ma'lumot

O'zbek xalq og'zaki ijodi haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbek xalq og'zaki ijodi haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalq og'zaki ijodi haqida umumiy ma'lumot RYeJA: Adabiyotning og'zaki va yozma turi Xalq og'zaki ijodining o'ziga xos xususiyatlari Folklorning boshqa fanlar bilan aloqasi O'zbek folklorshunosligi tarixi Adabiyotlar: 1. K.Imomov, T.Mirzaev, B.Sarimsoqov, O.Safarov, O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. T.: «O'qituvchi», 1990. 2. O.Madaev, T.Sobitova, Xalq og'zaki poetik ijodi. T.: «Sharq», 2001. 3. O'zbek folklori ocherklari. Uch tomlik, 1-tom, T.: «Fan», 1988. 4. S.Mirzaeva, O'zbek xalq romanik dostonlari poetikasi. T.: «Fan», 2004. Badiiy adabiyotning ikki turi Xalq og'zaki ijodi So'z san'atining ilk namunalari bo'lib, og'zaki tarzda yaratiladi va avloddan avlodga o'tib keladi. Yozma adabiyot. Muayyan ijodkor tomonidan yaratiladi va yozma tarzda bizgacha etib keladigan badiiy ijod namunalaridir. Folklor Folklor - og'zaki ijod Folklor - og'zaki ijod. Xalq poetik ijodi yozuv paydo bo'lmasdan ko'p zamonlar ilgari yuzaga kelgan. Uning yaratilishi va tarqalishi jonli og'zaki an'ana bilan bog'liqdir. Folklor asarlarining uzoq asrlar davomida og'zaki yaratilishi va og'zaki ijro etilishi uning shakl va mazmuniga ta'sir ko'rsatadi. Malumki, ayrim tarixiy faktlarning to'liq esda qolmasligi, zamon taqozosi bilan unutilishi natijasida ularning asardan tushib qolishi yoki o'zgarishi mumkin. Folklorning og'zakilik xususiyati uning keng tarqalishiga, xalq orasida keng ommalashuviga sabab bo'ladi. Ammo shu bilan birga, og'zaki ijod namunasi o'tmish zamonlarda yozma tarzda mavjud bo'lmagani uchun uni ijro etuvchi shaxsning vafoti bilan yo'q bo'lib ketishi ham mumkin. Folklor asari og'izdan og'izga o'tishi tufayli shaqlan va mazmunan qanday o'zgarishlarga uchramasin, bu hol uning g'oyaviy-badiiy va ijtimoiy-estetik qimmatini tushirmaydi. Chunki unda ijodkor xalqning voqelikka munosabati aks etadi. Folklor - xalq ijodi Folklor - xalq ijodi. Folklor xalq tomonidan asrlar davomida yaratilib avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o'tib kelgan jamoa ijodi mahsulidir. Malumki, qadim zamonlarda ilk bor yuzaga kelgan folklor asarlari xalq tomonidan ijod qilingan va ijro etilgan. Keyinchalik esa talantli kishilar tomonidan yaratilgan. Ular o'z ijodida qabila va urug' odatlari, dunyoqarashi, e'tiqodi, tabiat bilan bo'lgan munosabatlari haqida hikoya qiladilar. Xalq kuychisi (bahshi, ertakchi, qo'shiqchi) xalq jamoasi tomonidan yaratilgan asarlarni mexanik tarzda boshidan oxirigacha so'zma-so'z yod aytmaydi, balki unga ijodiy munosabatda bo'lib, o'zidan nimadir qo'shadi, boyitib boradi. Shuning uchun ham u kuylayotgan asarini hamisha «xalqniki» deb tan oladi. Demak, folklor asarlarida xalq jamoasi ijodi tushunchasi, hech mahal individual ijod rolini inkor etmaydi. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning takomillashuvi, xalq estetik tafakkurining o'sishi jarayonida davrlar o'tishi bilan alohida ijrochilar - qo'shiqchi, ertakchi, bahshi, qiziqchi va xalfalar o'z mahoratlari bilan yaqqol ko'rina boshlaganlar. Ammo bu talantlar ham xalq zakovatidan oziq olib og'izdan-og'izga o'tib kelgan asarlarni ijro etganlar va albatta o'zlari ham nimadir qo'shib, shaxsiy mahoratlarini namoyon etganlar. Xalq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 76.14 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 76.14 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga