O'zbek xalq o'yinlaridan foydalanib o'quvchi yoshlarning irodaviy sifatlarini shakllantirish Mundarija. Kirish. O'zbek xalq o'yinlaridan foydalanib o'quvchi yoshlarning irodaviy sifatlar-ini tarbiyalashning mazmun va mohiyati. O'zbek xalq o'yinlaridan foydalanib o'quvchi yoshlarning irodaviy sifatlar-ini tarbiyalash texnologiyasi. O'zbek xalq o'yinlaridan foydalanib o'quvchi yoshlarning irodaviy sifatlar-ini tarbiyalashning imkoniyatlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Kirish. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilari shaxsini rivojlanishida milliy xalq o'yinlarini roli O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanish va taraqqiyot yo'liga chikdi. O'zbekiston kelajagi hozirgi yosh avlodni qanday tarbiyalashga ko'p jihatdan bog'liq. Respublikamizda boshlang'ich ta'lim, umumiy o'rta ta'lim maktablarining birinchi bosqichi IIV sinflar shaklida tashkil etiladi. boshlang'ich ta'limning maqsadi xar bir bolada mavjud bo'lgan iktidorlik, layokat va qobiliyatlarni, sezgirlik va kizikishlarni erkin rivojlantirish, ijobiy xulkiy dunyoqarash, kabul qilish kabi sifatlarni, milliy va fuqarolik burchi va his-tuyg'usini o'stirishdan iborat. boshlang'ich ta'limning vazifalaridan biri bola faoliyatini uyushtirishda o'qituvchining pedagogik mahorati, ilmiy-metodik layokati, xar tomonlama yetukligi, yuksak axloqiyligi, bolalarning esa yoshi, kuchi, ehtiyoji, tayyorligi, imkoniyati va muhiti kabi hayotiy omillar xal qiluvchi ahamiyatga ega. Bolaning tolikishi va zo'rikishiga yo'l ko'ymaydigan usullarni topish, mashg'ulotlar mazmuniga o'yin vositalarini kengrok singdirish, xar bir sabok bolalarning sogligini, ruhiy, ma'naviy va jismoniy tomondan muhofaza etish uchun xizmat qilishga erishish zarurligi, boshlang'ich ta'lim yosh avlodning go'zal, odobli, sezgir, ziyrak, zukko, farosatli, ongli va intizomli, yuksak madaniyatli, milliy gurur egasi qilib tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, baynalminallik, fuqarolik burchini his etishdek zarur sifatlarni o'stirish lozimligi haqida fikr yuritilgan. boshlang'ich ta'limda Davlat standarti talabi asosida darsliklar xajmini ixchamlab, zarur bo'lsa kismlarga bo'lib, rangdor rasmli, bolalarbop qilib chop etish, nazariy asoslangan matnlar, o'yinlar vositalari bilan bog'lanishi, didaktik talablarni o'zida aks ettirgan bo'lishi lozim. Unda xalq pedagogikasining durdonalari, xikmatlari, xalq og'zaki ijodining eng yaxshi namunalari: ertak, makollar, topishmoklar, ko'shiklar, termalar, o'zbek xalq o'yinlari, laparlar o'rin olmogi kerak. boshlang'ich sinf o'quvchilari asosan tasavvur qilishi orqali fikr yuritadilar. Shuning uchun xam ular ko'pincha o'ynash, jismoniy harakat qilishga intiladilar. Shu sababli yangi dastur asosida o'tkaziladigan darslarimizda o'yin mashg'ulotlari tez-tez o'tkazilib turadi. Chunki, yosh bolaga berilayotgan bilimni o'yinlar orqali singdirsak, ular uchun kuruk qoida yodlash va uzluksiz mashq ishlataverishdan kizikrok tuyuladi. Bunda to'gri tanlangan tashkiliy o'yinlar darsda xar bir o'quvchining xar tomonlama imkoniyatlarini beradi, madaniy xordik chikaradi. O'yin bola hayotida muhim o'rin tutadi. Men Ko'kon shaxridagi 37o'rta umumta'lim maktabida pedagogik amaliyot davrida shuni guvoxi bo'ldimki, o'yin orqali bolalar tevarak-atrof, turli predmetlar haqida bilimga ega bo'ladilar. Shu tufayli ta'lim jarayonini o'yin shaklidan foydalangan holda tashkil etish ko'zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatini beradi. O'yin tarbiyaviy ahamiyatga xam ega, chunki bu jarayondagi o'quvchilar o'zaro munosabatga kirishadilar, natijada ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.82 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.82 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: docx