O'zbek xalq pedagogikasi fani va uning ta'lim-tarbiyada tutgan o'rni Reja: O'zbek xalq pedagogikasi haqida ma'lumot O'zbek xalq pedagogikasi fani va uning ta'lim-tarbiyadagi o'rni Milliy qadriyatlarning barkamol insonni tarbiyalashdagi roli O'zbek xalq pedagogikasining asosiy manbasi Xalq og'zaki ijodining janrlari O'zbek xalq pedagogikasi haqida ma'lumot Xalq pedagogikasi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o'rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog'liqdir. Binobarin, Mustaqillik tufayli, ko'hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishiga shart-sharoitlar vujudga keldi. Ayni paytda o'zbek va boshqa qardosh xalqlarning milliy shakllanishi va rivojlanishini zamon talablariga mos keladigan ta'lim-tarbiya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Ilk bor yaratilayotgan «O'zbek xalq pedagogikasi»da dono xalqimizning ta'lim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning ma'naviy ustuvorligi, iymon-e'tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usullari, an'analari tabarruk islomning odob-axloq, ilmu-fan haqidagi ta'limotiga bog'liq holda, muqaddas +uroni Karim va payg'ambarimiz Muhammad Rasulullohning muborak hadisi shariflariga suyangan holda yoritish mo'ljallangan. Tadqiqotlarda Ollohning ilohiy mo'jizasi - hayot sarvari Insonning ona qornida paydo bo'lishidan tortib, to tug'ilganiga qadar, yoshini yashab to omonatni topshirgungacha bo'lgan axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik tarbiyasi, shuningdek jismoniy chiniqish bilan bog'liq o'yinlar, xalq pedagogik an'analarining hozirgi zamon yosh avlod ta'lim-tarbiyasida tutgan o'rni hamda ahamiyati haqida so'z yuritiladi. Shu bilan birga o'zbek an'anaviy, ommaviy bayram-sayllari, rasm-rusumlari, odatlari va udumlarida aks etgan axloqiy qarashlar, ularning o'ziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi dolzarb mavzularni yoritishga ham harakat qilinadi. «O'zbek xalq pedagogikasining tarkibiy qismi quyidagi chizmada ko'rsatilgan. chizma. «O'zbek xalq pedagogikasi»ning tarkibiy qismlari «O'zbek xalq pedagogika»si turkiy xalqlar - ota-bobolarimiz uzoq moziyda yaratgan va ko'z qorachig'iday asrab-avaylab, saqlab kelgan ota meros, Sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, xalq pedagogikasidagi eng yaxshi namunalar, allomalaru, adabiyot va folklor ijodkorlari - ijrochilarining bu boradagi say-harakatlari, yaratgan asarlari bilan qo'shilgan holda shakllanganligi, rivojlanganligi va boyib borganligini etirof etish birdan-bir to'g'ri yo'ldir. Kezi kelganda shuni ham takidlab o'tish kerakki, xalq pedagogikasi bamisoli jonli organizm, qaynar buloq, o'lmas, o'chmas, doimo boyib, ko'payib boruvchi ilohiy, mo'jizaviy tarbiya sohasidir. Xalq bor ekan, el yashar ekan, bu soha ham yashayveradi, o'zining avlod-ajdodlariga beminnat xizmatini o'tayveradi. Zero, xalq orzu-umidi, quvonch-tashvishlari, g'am-g'ussasi-yu, armonlari, shodlik, baxtiyorlik onlari-yu, qadr-qimmatlari, ma'naviy-ma'rifiy, badiiy-estetik qarashlari, dunyoqarashi, ta'lim-tarbiyaviy xulosalari xalq pedagogikasida zuhr etiladi. O'zbek xalq pedagogikasi o'zining yo'nalishi, ibratli xulosalarga boyligi, bebaho asarlari, mano-mantiq jihatdan mukammalligi, teranligi, uslubi, odobnomasi, odatnomasi, ibratnomasi bilan har qanday ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.33 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.33 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: doc