O'zbek xalq pedagogikasidan namunalar Reja: Folklor va o'zbek xalq pedagogikasi Tez aytishlar va o'yinlarning tarbiyadagi o'rni Topishmoqlar va maqollarning tarbiyadagi o'rni Qo'shiqlar va ularning tarbiyaviy ahamiyati ma'naviy madaniyat va uni shakllanishining pedagogik xususiyatlari Shaxs ma'naviy madaniyatini shakllantirishga yangicha yondashuv Sharq mutafakkirlari ijodida ma'naviy madaniyatni shakllantirish ma'naviy qadriyatlar. Ularning shaxs ma'naviy madaniyatini shakllantirishdagi roli Folklor va o'zbek xalq pedagogikasi Respublikamiz mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng o'tgan davrda mamlakatimiz kelajagi bo'lgan yosh avlodni tarbiyalab etishtirish eng dolzarb muammolardan biri bo'lib kelmoqda. Bu borada o'tgan davrda juda katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ta'lim tizimini milliylashtirish, uni insonparvarlashtirish, xalqchillashtirish asosida Respublikamiz xalq ta'limi tizimini qayta ko'rish, milliy o'quv muassasalar barpo qilish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishda «O'zbek xalq pedagogikasi» yetakchi o'rin tutadi. Malumki, xalq pedagogikasi deganda xalq og'zaki ijodiyotining barcha janrlarida aks ettirilgan tarbiya borasidagi qarashlar, g'oya, urf-odatlar, rasm-rusumlar hamda an'analar yig'indisi tushuniladi. Demak, bulardan ko'rinadiki, xalq pedagogikasining asosiy manbai folklor hisoblanadi. Xalq pedagogikasining qamrovi keng bo'lib, u muayyan xalq tarixi, falsafasi, psixologiyasi, etnografiyasi va xalq tabobatidan tashkil topgan bo'ladi. Folklor xalq pedagogikasini, yani xalq ommasining - tarbiya borasidagi qarashlar, g'oya, urf-odatlari, an'analar yig'indisidan iboratdir. Bulardan tashqari folklor tarbiyani amalga oshirishda qo'llanilib kelgan usul, vosita, ko'nikma va malakalar yig'indisini ham ifodalaydi. Biroq, afsuski, shu paytgacha xalq pedagogikasini o'rganish va uni zamonamiz nuqtai nazaridan qayta ishlab ulgurilmadi va amaliy faoliyatda qo'llanilmadi. O'zbek xalqining beqiyos darajadagi boy pedagogik fikr va qarashlari ildizi karomatli +uron hamda Muhammad alayhis-salom Hadislariga borib taqaladi. Tarbiyalanuvchilar tarbiyasi borasidagi an'analar o'zbek klassik adabiyotida o'z aksini topgan. Masalan, IX-XII asr allomalaridan Nizomulmulkning Siyosatnoma, Nosir Xisravning Saodatnoma, Ro'shnoma, Yusuf Hos Hojibning +utadg'u bilig, Mahmud +oshg'ariyning Devonu lug'otit turk, Ahmad Yugnakiyning Hibatul xaqoyiq, Kaykovusning +obusnoma kabi asarlarida pedagogik g'oyalar keng o'rin olgan bo'lib, xalq og'zaki ijodi qadim zamonlardan buyon jahon xalqlarining, jumladan O'zbek xalq pedagogikasining tarbiya vositasi bo'lib kelgan va hozirgi kunda ham o'z qiymatini yo'qotmagan. Xalq pedagogikasining tarkibiy qismi quyidagicha; aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat va nafosat tarbiyasi. O'zbek xalq pedagogikasi milliy tarbiyani amalga oshirish usul va vositalari, yoshlarni dastlabki oilaviy odob qoidalariga odatlantirish va uni amalga oshirish yo'llari, yoshlarni dastlabki oilaviy dastyorlik mehnatiga odatlantirish, uni amalga oshirishda foydalaniladigan usul va vositalarni o'z ichiga qamrab oladi. Yuqoridagilarning hammasi xalq og'zaki ijodida aks etgan bo'lib, bular zaminida ilmiy pedagogika shakllangandir1. Ilmiy pedagogikaning asosiy maqsadi va vazifasi har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishga qaratilgan bo'ladi. Har tomonlama barkamollik yoshlarni aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat va nafosat jihatdan yetukligini o'z ichiga oladi. Shunday ekan, xalq pedagogikasi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.02 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.02 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: doc