O'zbek xalqining shakllanish jarayoni O'zbek elatining alohida etnik birlik (elat) bo'lib shakllanishida ushbu elatning ilk ajdodlari bo'lgan tub yerli etnik birliklar, ya'ni ikki til (turkiy va eron) turkumidagi qavmlarning aralashuvi alohida o'rin tutadi. Ikki til guruhidagi etnoslarning aralashuv jarayoni sak-massagetlardan, ular yashagan hududlarga qiyosan aytganda xorazmiylar, baqtriylar, sug'diyonaliklardan boshlangan. Antropolog olim T.Q.Xo'jaevning tadqiqot xulosalariga ko'ra, yurtimizda hozirgi o'zbeklarga xos antropologik qiyofa mil. avv. II-II asrlarda shakllanib bo'lgan. Keyinchalik shimoliy-sharqiy hududlardan O'rta Osiyoga ko'plab turkiy etnik guruhlarning kirib kelishi va mahalliy aholi bilan aralashuv jarayoni kuchayib boradi. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy etnik guruhlarning Sug'diyona, Baqtriya, Farg'ona vohalariga kirib kelishi sodir bo'ladi. Ular Xitoy manbalarida yuechjilar deb ataladi. Yuechjilar mahalliy hukmdorlar ustidan g'olib kelib, hokimiyatni egallaydilar va milodiy IV asrgacha davlat hokimiyatini boshqaradilar. Bir necha asrlik bu tarixiy jarayon davomida yuechjilar deb nomlangan turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi bilan aralashib, qo'shilib ketadilar. Milodiy IV-V asrlarda O'rta Osiyo hududiga xioniylar, kidariylar, eftaliylar nomli turkiy etnik guruhlar kirib keladilar. Kushonlar sulolasi ag'darilib, hokimiyat avval kidariylar, keyinroq eftaliylar qo'liga o'tadi. Bu suronli tarixiy jarayonda O'rta Osiyoda yana etnik aralashuv yuz beradi. Tashqaridan kirib kelgan bu turkiy etnik guruhlar mahalliy aholi tarkibiga qo'shilib ketadilar. Shuningdek, Toshkent vohasining tog'li va tog' oldi tumanlari aholisi tarkibining ancha qismini ham qarluqlar tashkil etgan.[1] Ularning ko'pchiligi o'troq hayot kechirib, turli xil xo'jalik yuritish tizimini yaratib borganlar. Ular yashagan joylar o'z orastaligi, obodonligi, gavjumligi bilan ajralib turgan. Ettisuv kengliklarida, Chu vodiysi, Issiqko'l tomonlarda ham qarluqlarning katta qismi yashagan. [1] Qarang K.Shoniyozov. O'zbek xalqining jarayoni, 145 bet. Agar avval boshda bu qavmlarga mansub aholi asosan Movarounnahr o'lkasining Farg'ona vodiysi yoxud Shosh vohalariga kirib kelgan bo'lsa, keyinchalik ular bu zaminning boshqa hududlarida ham o'rnashib, o'troqlashib bordi. Bu hol, hubhasiz, yurtimiz aholisining etnik tarkibida jiddiy o'zgarishlarga olib keldi. O'zbek tilining shakllanishida qarluq-chigil lahjasi muhim o'rin tutdi. O'zbek tilida umumbashariy g'oyalar va qarashlarni o'zida ifoda etgan ko'plab yuksak umrboqiy asarlarning yaratilishi buning yorqin isbotidir. O'zbek tilining yuksak badiiy jarangdorligi, boyligi va qudrati jihatidan o'sha davrda keng e'tirof topgan arab va fors-tojik adabiyotlaridan sira qolishmasligini ko'rsatadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
443.91 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
443.91 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: ppt