O'zbekiston pedagogika fanining muammolari, izlanishlar, yangiliklar

O'zbekiston pedagogika fanining muammolari, izlanishlar, yangiliklar

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekiston pedagogika fanining muammolari, izlanishlar, yangiliklar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston pedagogika fanining muammolari, izlanishlar, yangiliklar. o'quvchilar bilimini baholashning reyting tizimi Reja O'zbekistonda ta'lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar va pedagogika fanining konsepsiyasi. Maktabgacha ta'lim va 6 yoshli bolalarni maktabga qabul qilish muammolari. Bolalarni pedagogik-psixologik tashxis qilish. Hamkorlik va bunyodkorlik pedagogikasi. Xalq ta'limi vazirligining 2001 yil 14 sentyabrdagi «Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilar ta'lim tayyorgarligi darajasi reytingni joriy etish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish» haqida 133-sonli buyrug'i to'g'risida. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta'lim - tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o'rganish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshladi. Bu siz jamiyatimizni biron-bir sohasini o'zgartirishga kirishib bo'lmas edi. Islohotlarni taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarni saviyasiga, ularni zamon va taraqqiyot talablariga nechog'lik javob berishiga bog'liqdir. Yurtimizning ertangi hayoti va taqdiri avvalambor shu muammolarni uzil-kesil yechish bilan chambarchas bog'langanini har qaysi fikrlovchi odam anglashi qiyin emas. Shu sababli ham biz nihoyatda murakkab, ko'p vaqt va ko'p mablag' talab etadigan ana shu vazifani ado etishga kirishdik. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish bilan bog'liq jarayon o'zoq yillar davomida bu sohada talay muammolar yig'ilib qolganini ko'rsatdi. Shuning uchun ham bu og'ir, mas'uliyatli, ammo, hal qilishni aslo paysalga solib bo'lmaydigan ishni qadam - baqadam, izchillik bilan bajarishga bel bog'ladik. Agar bu islohotni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak tez orada biz hayotimizda ijobiy manodagi «Portlash effekti» ga erishamiz. Respublikada «ta'lim to'g'risida» gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ishlay boshlaganimizga ko'p bo'lgani yo'q. Shu davr ichida mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar qilindi? Respublika ta'limida nimalar o'zgardi? Nimalarga erishildi? qanday vazifalar ko'ngildagiday bajarilmadi? Oldinda hali hal qilinishi lozim bo'lgan qanday dolzarb muammolar turibdi? Shu masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz. Avvalo, ta'lim taraqqiyotining barcha jabhalarida ko'zlangan bosh maqsad - Respublika ta'limining o'sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasini milliy istiqlol g'oyalari, talablari asosida tashkil etish, jamiyatimiz qadam qo'yyayotgan XXI asr ta'limini taraqqiyot, ma'naviy - madaniy qarashlar ruhida bo'lishni, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo'lishini ta'minlashdir. Shu maqsadlarni amalga oshirish yo'lida bajariladigan dastlabki tashkiliy tadbirlarning ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Avvalambor, bu ikki qonunni ta'lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik xayati majlisida tasdiqlandi. Bu hujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositlar orqali ta'lim muassasalarida, ota-onalar aholi o'rtasida tushuntirildi. ta'limga oid me'yoriy hujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta'lim standartlari, talablari, o'quv rejalari va dasturlari, Nizomlar va boshqa me'yoriy hujjatlar yuqoridagi ikki qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi sifatida qaraladi ularga bolalarni maktab bosqichiga ma'naviy ruhiy, jismoniy tayyorlab berish hamda boshqa muhim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.52 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.52 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga