O'zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi Reja: 1. Rivojlanishning erishilgan darajasi 2. Kamchiliklar va muammolar 3. Isloh qilish omillari 4. Dasturning maqsad va vazifalari 5. Dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari 1. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari 1.1. Rivojlanishning erishilgan darajasi 1.2. Kamchiliklar va muammolar 1.3. isloh qilish omillari 1.1. RIVOJLANIShNING ERIShILGAN DARAJASI O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo'ydi va qator chora-tadbirlar ko'rishni: ta'lim to'g'risidagi Qonunni joriy etishni (1992 yil); yangi o'quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; o'quv yurtlarini attestatsiyadan o'tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari hamda bolalar bog'chasi-maktab majmui tarmog'i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o'rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan. Yangi tipdagi maktablar va umumta'lim o'quv yurtlari tarmog'i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. Sog'lom avlod uchun, ma'naviyat va ma'rifat, Iqtisodiy ta'lim, Qishloq maktabi, Rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tiklash va boshqa tarmoqdasturlari ro'yobga chiqarilmoqda. Respublika umumta'lim maktablarida 435 mingdan ortiq o'qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma'lumotlidir. Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta'limini qayta tashkil etishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta'lim bilan qamrab olgan 442 o'quv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang'ich kasb-hunar ta'limi o'quv yurtlarida qariyb 20 ming o'qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda. Respublikada jami 197 ming kishi ta'lim olayotgan 258 o'rta kasb-hunar ta'limi o'quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming o'qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda. O'zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o'quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o'z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta'lim olmoqda; 16 universitetning o'n ikkitasi O'zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy o'quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o'qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo'nalishga o'tkazish ishi olib borilmoqda, o'quv yurtlarining tarmog'i kengaymoqda, universitet ta'limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo'yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko'p bosqichli tizimga o'tkazish amalga oshirilmoqda. Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg'or usullari joriy etilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiqaspirantura va doktoranturada kadrlar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.47 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.47 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: doc