O'zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov ta'lim-tarbiya jarayonida ajdodlar merosidan samarali foydalanishning ahamiyati haqida Reja: Prezident I.A.Karimovning tarixiy merosimizdan foydalanish to'g'risidagi fikrlari. Prezident asarlarida ta'lim-tarbiya to'g'risida ilgari surilgan g'oyalar va ta'lim tizimini isloh qilish masalalari. I.A.Karimov ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish haqida. I.A.Karimov barkamol inson tarbiyasi haqida. I.AKarimov o'zligimizni anglash va ma'naviy ildizlarimiz. Tayanch so'z va iboralar: ma'naviyat, ma'rifat, tarix, madaniy meros, qadriyat, o'zlikni anglash, ma'naviy ildiz, ta'lim, tarbiya, ta'lim tizimi, ajdodlar merosi. Uzoq va boy tarixga ega bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari o'zining ta'lim-tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, do'stlik, saxiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Xalqimiz yaratgan ma'rifiy fikr sarchashmalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Lekin mustaqillikka erishgunimizga qadar biz bu meroslarning baridan bebahra edik. Istiqlolimiz sharofati bilan milliy-madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizni o'rganish va uni yanada yuksaltirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. Yurtboshimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so'zlagan-nutida takidlaganidek: «Mamlakatimizni istiqlol yo'lidagi birinchi-qadamlaridanoq, buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy-ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda». Bu esa qadimiy boy ma'rifiy merosimizning qimmatli manbalarini, bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy-pedagogik tafakkur istemoliga kiritishni taqozo etadi. O'tmish ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy qadriyatlarimizning ahamiyatini Prezidentimiz I.A.Karimov o'z asarlarida alohida takidlab deydi: «Xalqimiz tayanchi-ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy merosning o'zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanishimiz lozim». Prezidentimiz jamiyatimiz milliy mafkurasini yaratishda ham o'tmish mutafakkirlarimiz merosini muhim deb biladi. U bu mafkurani yaratishda «milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga unutilmas hissa qo'shgan olimu fuzalolarning mafkura va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida qoldirgan ilmiy merosi, falsafiy qarashlarini har tomonlama o'rganish darkor. Men bu o'rinda Abu Nosir Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bahovuddin NAQSHband, Najmiddin Kubro kabi ulug' ajdodlarimizning shu mavzuga daxldor asarlarini nazarda tutayapman. Masalan, Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarini esga olaylik. Buning ming yilcha ilgari yaratilganiga qaramasdan, bugungi o'quvchi ham bu asardan hozirgi hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo'l-yo'riqlarni topa oladi»-deb yozadi. I.A.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» risolasida ham o'tmish tariximiz va merosimiz ahamiyatini yorituvchi muhim asardir. Prezidentimizning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» degan fikrlari faqat ijtimoiy-siyosiy sohaga emas, balki ta'lim tarbiyamiz va pedagogikamz sohasiga ham talluqlidir. Pedagogikamiz tarixi, o'tmishda ta'lim-tarbiya amaliyoti va nazariyasi qanday bo'lganligini bilmasdan turib hozirgi ta'lim tarbiyamizda yuksak darajaga erishib bo'lmaydi. Milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkirlarining ilmiy va ma'naviy merosi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.81 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.81 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: doc