O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI O'zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning Bmt sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag'ishlangan yalpi majlisidagi nutqi FAN: TA'LIM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI MUSTAQIL ISH Muhtaram rais janoblari! Hurmatli do'stlar! Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar saqlanib qolayotgani, davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida ta'kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o'limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to'siqlar bo'lib qolmoqda. Ushbu haqiqatning tasdig'ini 30 yildan buyon harbiy harakatlar davom etayotgan jafokash Afg'oniston misolida ko'rishimiz mumkin. Bugun afg'on muammosini harbiy yo'l bilan hal etib bo'lmasligi yanada ayon bo'lmoqda, koalitsiya kuchlarining Afg'onistonda tinchlik o'rnatish bo'yicha tanlagan strategiyasi esa kutilgan natijalarni bermayapti. Muttasil davom etayotgan urush Afg'oniston halqining ahvolini tobora og'irlashtirmoqda va muammoni hal etishni yanada qiyinlashtirmoqda. O'zbekiston RespublikaSI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING BMT SAMMITI MINGYILLIK RIVOJLANISH MAQSADLARIGA BAG'ISHLANGAN YALPI MAJLISIDAGI NUTQI Hozirgi vaziyatda Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishning muqobil yo'llarini topish g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo'llardan biri, bizning fikrimizcha, O'zbekiston tomonidan 2008 yilda taklif etilgan BMT shafe'ligida 6+3 muloqot guruhini tashkil qilish muhim rol o'ynagan bo'lur edi. Tashabbusimizning mazmun-mohiyati shundan iboratki, afg'onistonliklar o'z mamlakati muammolarini o'z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, Afg'onistonda urushning tugashi va uning barqaror kelajagidan manfaatdor mamlakatlar ko'magida o'zlari hal etishlari darkor. Ular sirasiga avvalambor, tinchlik o'rnatish missiyasiga daxldor AQSH, NATO, Rossiya, shuningdek, Afg'oniston bilan bevosita qo'shni mamlakatlarni kiritish zarur. 6+3 muloqot guruhining eng muhim maqsadi - bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlarga Afg'onistonda harbiy harakatlarni to'xtatish dasturini taklif etish, mamlakatni parokanda qilayotgan asosiy muammo va ziddiyatlar bo'yicha o'zaro murosa asosidagi yechimlarni topish, xavfsizlikni ta'minlash hamda barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda zarur kafolatlarni berishdan iborat. Bu borada ushbu Dasturda iqtisodiy yordam ko'rsatish, ijtimoiy, infratuzilma va gumanitar loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligi muammolarini, qashshoqlik, huquqsizlikka qarshi kurash bo'yicha eng dolzarb vazifalarni hal etishga alohida e'tibor berilishi lozim. Afg'oniston xalqi amal qiladigan ko'p asrlik an'analar, urf-odatlar, islom dinining qadriyatlari to'liq hurmat qilinishi zarur. Shuni ta'kidlamoqchimanki, bunday maqsadlarga erishish uchun hozircha Afg'onistonda turgan tinchlikparvar koalitsiya kuchlari yordam berishi mumkin. 2010 yilning iyunida Qirg'izistonda ro'y bergan fojiali voqealar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatni izdan chiqarishga jiddiy xavf solmoqda. Shu yilning aprelida obro'-e'tiborini yo'qotgan prezident hokimiyatining ag'darilishi, yuzaga kelgan keskinlik va qarama-qarshiliklar, shuningdek, mamlakatda qonuniy hokimiyatning zaifligi Qirg'iziston janubida millatlararo qonli va shafqatsiz voqealar yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Buning natijasida yuzlab begunoh odamlar qurbon bo'ldi, minglab tinch aholi jabr ko'rdi. Qirg'izlarning o'zi ham, Respublika ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
329.26 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
329.26 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: pptx