O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 1998 yil 13-maydagi O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 1998 yil 13-maydagi O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 1998 yil 13-maydagi O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi-ning 1998 yil 13-maydagi O'zbekiston Respublikasida «umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida» gi 203-sonli va 1998 yil 16 avgustdagi «umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida» gi 390-sonli qarorlari asosida vazifalar Reja: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13-maydagi «Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida» gi 203-sonli qarori va uning ta'limda islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyati. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13-maydagi «Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida» gi 203-sonli qarorida qo'yilgan vazifalar. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 16 avgustdagi «Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida» gi 390-sonli qarori va qo'yilgan vazifalar. Umumiy o'rta ta'limni davlat ta'lim standartining mazmuni va uni joriy etish asoslari. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13-maydagi «Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida» gi 203-sonli qarori va uning ta'limda islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyati. Mamlakatimiz kelajagi uchun Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» juda muhim ahamiyatga ega, unda shunday deyiladi: «Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsad va harakatga keltiruvchi kuchi bu inson, uning barkamol rivojlanishi, farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarish sharoitlari va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa shart-sharoitlarni yaratishni, jamiyat va davlat oila oldida o'z mas'uliyatini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi». Milliy dasturning ushbu qoidalarini hayotga tadbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi bir qator qarorlarni qabul qildi. Ulardan eng asosiysi, 1998 yil 13-mayda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida» gi 203-sonli qaroridir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ga muvofiq umumta'lim maktablarining o'qitish dasturlarini isloh qilish, to'qqiz yillik umumiy o'rta ta'limning sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, uning o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi bilan davomiyligini va uzviy bog'liqligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13-maydagi «Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida» gi 203-sonli qarorida qo'yilgan vazifalar. Umumiy o'rta ta'limi maktablari (1-9 sinflar) ning ta'lim dasturlari: o'quvchilarning muntazam bilim olishini, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirishni, asosiy o'quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirishni; o'quvchilarda mehnat ko'nikmalari, mustaqil ijodiy fikrlash, kasb tanlashga va atrof olamga ongli munosabatni hosil qilishni; milliy va umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashni, o'z Vataniga, va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishni; 1-9 sinflar o'quv dasturlarining akademik litseylar va kasb-hunar kolejlaridagi o'qitish dasturlari bilan o'zaro uzviy bog'lanishini ta'minlashi lozim. O'zbekiston Respublikasida «Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida» gi nizom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.08 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.08 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga