O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimida maxsus muassasalar tizimi

O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimida maxsus muassasalar tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimida maxsus muassasalar tizimi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimida maxsus muassasalar tizimi REJA: 1 Xalq ta'limi sistemasida logopedik yordam. 2 Nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarga mo'ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalari. 3 Tayanch-harakat apparatida kamchiligi bor bolalarga mo'ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalari. 4 Aqliy zaif bolalarga mo'ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalari. 5 Og'ir nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarga mo'ljallangan maktablar. 6 Turli muassasalarda logopedik yordamni tishkil etish. Tayanch iboralar: (ENN, gung, oligofren, RRS, klonik, tonik, FFN) Bizning mamlakatimizda turli xil nutq kamchiligiga eng bo'lgan shaxslarga ko'rsatiladigan xar tomonlama sistematii yordam rivojlanib bormoqda. Rossiyada qadimdan alohida mexr-muruvvat muassasalari mavjud bo'lib, ularda maxsus ta'lim yaqqol namoyon bo'lgan nuqsonlarni (karlik, ko'rlik, aqli zaiflik) ajratish va farqlash zaminida amalga oshirilar edi. Nutq nuqsoniga ega bo'lgan kishilarga logopedik yordam tashkil qilinmagan edi. Pedagogika va tibbiyot jamoatchiligining atoqli namoyandalari nutq patologiyasining ruhiyatning va shaxsning shakllanishiga salbiy ta'sir etishini bir necha bor ko'rsatib o'tganlar. 30-yillarning boshlarida institut anomal bolalarga majburiy sur'atda umumiy ta'lim berish haqidagi qonunni qabul qilishda qatnashdi. Turli xil anomaliyalarni kliniko-psixologik diagnostika qilishga tayanib, bolalarni kompleks o'rganish, mamlakatda maxsus maktabgacha tarbiya va maktab muassasalarining ko'p tarmoqli sistemasini rivojlantirish uchun asosiy ilmiy zaminni yaratish imkonini berdi. Nutq nuqsonining murakkab strukturasini to'g'ri tushunish faqat to'g'ri diagnoz qo'yishni, maxsus muassasa turini hamda bola bilan olib boradigan tuzatish-tarbiyalash ish metodlarii belgilay bilishnigina emas, balki ikkilamchi nuqsonlarning kelib chiqish ehtimollarini oldindan aytib berish imkonini beradi. Xalq ta'limi va sog'liqni saqlash organlari tomonidan maxsus ta'lim va tuzatish ishlariga muhtoj yasli, maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalarni aniqlash hamda hisobga olishga yo'naltirilgan tashkilin pedagogik ish o'tkazildi. Nazariya va amaliyotning o'zaro yaqin hamkorligi nutq nuqsoniga ega bo'lgan o'smir va bolalarga beriladigan ta'lim tarbiyani ilmiy asoslash, maxsus muassasalar tarmog'ini rivojlantirishga bo'lgan ehtiyojni aniqlash imkonini berdi. Nomenklaturaga u yoki bu tipdagi maxsus muassasaning kiritilishidan oldin bolalar keng miqyosda kompleks kliniko-neyrofiziologik va ruhiy-pedagogik jihatdan o'rganiladi, eksperimental ta'lim sistemasi tashkil qilinadi. hozirgi vaqtda turli tipdagi muassasalarning tuzilishi va tuzatish-tarbiyaviy ta'sir etish mazmuni aniq belgilangan. Bolani uning umumiy va nutqiy rivojlanishi saviyasiga mos keladigan muassasaga o'tkazish zarurati tug'ilganda bu imkoniyatni ta'minlovchi vorislik ko'zda tutiladi. Yil sayin maktabgacha tarbiya yoshidagi anomal bolalarga ko'rsatilayotgan yordam kengayib bormoqda. Xalq ta'limi davlat komitetining «Jismoniy va aqliy rivojlanishida kamchiligi bor bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari nomenklaturasi haqida»gi qarori qabul qilingandan so'ng maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari tarmog'i sezilarli darajada rivoj topdi. Maktab islohotiga muvofiq nutqiy nuqsonga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan maktab va maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish davom ettirilmoqda. Nutq nuqsoniga ega bo'lgan katta yoshdagi kishilar, o'smirlar va bolalarga poliklinikalarda, shifoxonalarda, dispanser, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.31 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.31 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga