O'zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o'ziga xos xususiyatlari

O'zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o'ziga xos xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o'ziga xos xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o'ziga xos xususiyatlari Reja: 1. O'zbekiston modelida kuchli ijtimoiy siyosat asosiy bo'g'in sifatida 2. Manzilli ijtimoiy muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati 3. O'zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining yo'nalishlari 1. Ijtimoiy muhofaza siyosati: uning tamoyillari va yo'nalishlari Daromadlar siyosatining funksiyalaridan biri - ijtimoiy muhofazalash funksiyasidir. Ijtimoiy muhofazalash deganda, ma'lum (murakkab, xavfli) vaziyatlarda aholi daromadlarini tutib turish, ayrim ijtimoiy guruhlarga yordam ko'rsatish bo'yicha davlat tomonidan ko'riladigan chora-tadbirlar majmuasi tushuniladi. Sovet davlatining ijtimoiy muhofazalash siyosati asosan byudjetdan moliyalanadigan, qat'iy markazlashgan ijtimoiy kafolatlar tizimini aks ettirar edi. U davrlarda ijtimoiy muhofazalashning minimal darajasi ta'minlangan, ammo u mehnatkashlarning ko'plab guruh va qatlamlarini qamrab olgan edi. Ta'kidlash joizki, mehnat sharoitlari, mehnatni muhofazalash, ijtimoiy ta'minot ko'proq deklarativ xarakter kasb etgan, chunki mablag' va zahiralar asosan zararli va xavfli mehnat sharoitlarini kompensatsiyalashg (qo'shimchalar, imtiyozlar, imtiyozli pensiyalar va h.z.) yo'naltirilgan, mehnatni muhofazalash tizimi esa ijtimoiy sug'o'rta tizimi bilan bog'lanmagan edi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy muhofazalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa subyektlari roli va vazifalarini o'zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy muhofazalashga ajratiladigan byudjet mablag'lari salmog'ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko'proq og'irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug'dirib, ularning ijtimoiy muhofaza bo'yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog'lab qo'yadi. Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun'iy ravishda tutib turish, shu hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy muhofazalashning barcha yo'nalishlari bo'yicha dotatsiyalarni oshirishni ko'zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko'rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo'llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustuvor maqsadlar hisoblanadi. Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin: aholini ijtimoiy ta'minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta'minot pensiya ta'minoti, nafaqalar bilan ta'minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyoz va kompensatsiyalar tizimi hamda ijtimoiy xizmat ko'rsatishni o'z ichiga oladi. Ikkinchi yo'nalish esa jamiyatning bir me'yorda rivojlanishini, ya'ni sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va sog'lomlashtirish, shuningdek, turar-joyga ega bo'lish huquqini ta'minlash bilan bog'liq. Davlat ijtimoiy ta'minoti - bu O'zbekiston Respublikasi fuqarolarni keksayganda, kasallik ro'y berganda, mehnatga layoqatini qisman yoki butunlay yo'qotganda, boquvchisini yo'qotganda, shuningdek, bolali oilalarni moddiy ta'minlash va ularga xizmat ko'rsatish davlat tizimidir. Ijtimoiy ta'minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi: davlat ijtimoiy sug'o'rtasi, Respublika byudjeti mablag'lari, mahalliy byudjetlar mablag'lari. Iqtisodiyotni isloh qilish davrida ijtimoiy ta'minotning jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar faoliyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.68 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.68 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga