O'zbekiston Respublikasida ta'lim mazmuni Reja: 1. Oliy maktabda ta'lim jarayoni. 2.Ta'lim mazmunini shakllantirishning mohiyati. 3.Ta'lim mazmunini tanlash tamoyillari va me'yorlari. Asosiy tushunchalar: ta'lim jarayoni, ta'lim mazmuni, oliy ta'lim tizimi, ta'lim tamoyillari O'zbekiston Respublikasida oliy ta'lim o'z rivojlanishining yangi bosqichini boshidan kechirmoqda. Oliy ta'limning asosiy vazifalari: 1.Yuksak ko'rsatkichli ta'limni ta'minlash va davlat ta'lim standartlari asosida, hozirgi zamon ta'limiy va kasbiy ta'lim dasturlari asostda malakali kadrlar tayyorlash; 2.Jamiyat talablariga javob beradigan istiqboldagi taraqqiyotga, msamlakatning ijoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, zamonaviy fan, texnika, texnologiya va madaniyat yutuqlariga asoslangan holda kadrlar tayyorlashni tashkil etish; 3.Yoshlarni milliy istiqlol mafkurasi, umuminsoniy qadriyatlarni bilish asosida, mustaqillik hoyalariga sadoqat, vatanga oilaga, atrof-muhitga muhabbat ruhida tarbiyalash; 4. axloqiy, madaniy va milliy qadriyatlarni saqlash va boyitish; 5.Shaxsning intellektual, madaniy va ax'loqiy rivojlanish talablarini qondirish; 6.O'quv jarayoniga yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalarini, ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyalashuvining joriy mexanizmlarini kiritib borish. 7.Fan, texnika, texnologiya ravnaqi, ilmiy-pedagogik kadrlar hamda ta'lim oluvchilarning ilmiy tadqiqotlari samaradorligi va ijodiy faoliyatini o'stirish, olingan natijalardan ta'lim jarayonida foydalanish; 8.Oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash; 9.Respublika oliy ta'lim tizimiga byudjetdan tashqari mablag'larni hamda xorijiy investisiyalarni jalb qlish; 10.yuksak taraqqiy etgan mamlakatlarbilan oliy ta'lim sohasida o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish. Oliy ta'lim tizimiga quyidagilar kiradi: Mulkchilik shakllari va bo'ysunishdan qat'iy nazar davlat ta'lim standartlariga muvofiq kasbiy ta'lim dasturini amalga oshiruvchi oliy ta'lim muassasalari; Oliy ta'limni rivojlanishiga xizmat qiladigan tadqiqot ishlari olib boruvchi ilmiy pedagogik muassasalar; Oliy ta'limning boshqaruv organlari va uning tasarrufidagi muassasa va tashkilotlari. Oliy ta'lim sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1.ta'lim va tarbiyaning insoniylik va xalqchillik xarakteri; 2.universitet ta'liminng ustivorligi; 3.o'rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta'lim va oliy ta'limdan keyingi ta'limning uzluksizligi va uzviyligi; 4.Ta'limning dunyoviy xarakteri; 5.davlat ta'lim standarti negizida ta'limning hammabopligi; 6.o'quv dasturining yagonaligi va ularni tanlashga differensial yondashuv; 7.qobiliyat va iste'dod egalarini rag'batlantirish; 8.oliy ta'lim tizimi davlat va jamoat boshqaruvining birligi; 9.oliy ta'lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasi. Oliy ta'lim bosqichlari: Bakalavriatura; Magistratura. II. Oliymaktab ta'limining mazmuni bo'lajak mutaxassis shaxsini shakllantirishga qaratilgan vazifani amalga oshiradi. Ta'lim mazmunining mazmuni unga bo'lgan turli yondashuvlar bilan belgilanadi. Bular; bilimga yo'naltirilgan yondashuv; shaxsga yo'naltirilgan yondashuv Ta'lim mazmuni tarixiy xarakter kasb etadi. Ijtimoiy taraqqiyot ta'xlimning madaniyatshunoslik funksiyasini yuzaga keltiradi. II. Ta'lim mazmunini tanlash tamoyillari va me'yorlari: Pedagogik nazariyasida ta'lim mazmunini shakllantirish tamoyillari V.V.Kraevskiy tomonidan ishlab chiqilgan: Ta'lim mazmunining jamiyat, fan, maaniyat va shaxs muvofiqligi tamoyili. O'qitishning mazmun prosessual jihatlarining yagonaligi tamoyili. Turli darajadagi ta'lim mazmuni tuzilmasining yagonaligi tamoyili. Ta'lim mazmunini insonparvaplashtirish tamoyili. Ta'lim mazmunini aoslanganligi tamoyili. Ta'lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.49 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.49 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:39 ]
Arxiv ichida: doc