O'zbekiston Respublikasida ta'limning rivojlantirishning yangi bosqichida kasb ta'limi asoslari Reja: O'zbekistonda kasb ta'limi islohoti. Kadrlar tayyorlashdagi kasbiy malakaviy o'zgarishlar. I. Karimovning kadrlar tayyorlash haqidagi fikr mulohazalari. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida yuqori malakali iqtisodchi-pedagog mutaxassis yangi tashkil etilgan magistratura ta'limi tizimida tayyorlash lozimligi qayd etilgan. Iqtisodchi-pedagog yangi tipdagi mutaxassis bo'lganligi uchun uni kasbiy va pedagogik jiqatdan tayyorlash eng murakkab muammodir. Bu muammoni hal qilishda psixologiya, pedagogika va iqtisodiyot fanlari o'qituvchilari hamkorlikda mehnat qilmoqlari lozim. Chunki bo'lajak iqtisodchi-pedagog eng avvalo psixologiya, pedagogika va iqtisodiyot fanlardan ilmiy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmoqlari talab etiladi. Inson, uning har tomonlama uyun kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o'zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohatlarining asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy predmetlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta'lim to'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. O'zbekiston oliy maktab tizimi 58 oliy o'quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o'z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta'lim olmoqda. (Rajabova S. «Kasb-hunar kolleji o'qituvchisining kasbiy mahoratini oshirishning tashkiliy pedagogik asoslari» nomzodlik dissertatsiyasi. T.,2004.) Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo'nalishga o'tkazishdan ishi olib borilmoqda, o'quv yurtlarining tarmoi kengaymoqda, universitet ta'limi rivojlanmoqda, abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilor usullari joriy etilmoqda. Oliy ta'lim o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi, hamda ikki bosqichga ega oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Bakalavriat - mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim olish muddati kamida 4 yil davom etadigan tayanch oliy ta'limidir. Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so'ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasi beriladi. Magistratura - aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy ta'limdir. Magistr bakalavr darajasidan farqli ravishda malum ixtisoslik bo'yicha yuqori malakali mutaxassis hisoblanadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega bo'ladi. O'zbekiston Respublikasida turli darajadagi oliy ta'lim muassasalari mavjud: Universitet - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo'yicha oliy va oliy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.8 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.8 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:39 ]
Arxiv ichida: doc