O'zbekiston Respublikasining kadrlar siyosati. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Reja: Mutaxassis kadrlar jamiyat taraqqiyotining muhim omili. Kadrlar sohasidagi siyosat, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy munosabatlar taraqqiyoti bilan bog'liqligi. O'zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi, uning asosiy vazifalari va demokratik jamiyat barpo qilishdagi ahamiyati. 1. Har qanday jamiyatda amalga oshiriladigan davlat hokimiyatining kadrlar siyosatida mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarini va barcha yo'nalishlarini tadbirkor va ishbilarmon, malakali mutaxasis kadrlar bilan ta'minlash vazifasinni bajarish, mamlakat xo'jalik hayotining beto'xtov hamda uyg'un harakatda yuksalib borishini ta'minlash asosiy o'rinni egallaydi. Xo'jalik mexanizmini sozlab, shakllantirib, harakatga keltiradigan sohalar mutaxassislari, iqtisod ilmi amaliyotini puxta biladigan rahbar kadrlar, xalq xo'jaligi tarmoqlari o'rtasidagi oqil mutanosiblikni rejalashtirib beradigan boshqarish kadrlari etarli miqdorda va yuqori malakali bo'lgan mamlakatda ijtimoiy siyosat ham, milliy siyosat ham, kadrlar siyosati ham yaxshi samaralar beradi. Mamlakatning iqtisodiyoti, xalq xo'jaligi yaxlit bir sistema bo'lib, ayni vaqtda u xilma-xil, murakkab, rango-rang tarkibiy qismlardan mujassamlangan birlikni tashkil qilishini kadrlar siyosati sohasidagi dasturlar va chora-tadbirlarni ko'zda tutish, oldindan belgilab qo'yish maqsadga muvofiqdir. Chunki juda ko'p ixtisoslarga bo'linib ketgan yaxlit xalq xo'jaligi sistemasini boshqarish turli kasbdagi, turli bilim darajasidagi, turli malakaga ega bo'lgan mutaxasis kadrlarning bir maqsad va bir manfaat yo'nalishida harakat qilishlarini, baravariga qadam tashlashlarini, o'z faoliyatlarini hamnafas ruxda amalga oshirishlarini talab qiladi. Mana shunday hamnafaslik tartibi va qatoridan chiqish tasodifiy bo'lsa, jamiyat taraqqiyotida sezilarli iz qoldirmasligi mumkin, lekin bunday hollar ommaviy tus olib ketsa yoki ularning suratlari tezlashib ketsa, demak, davlat hokimiyati kadrlar siyosatining asoslari darz ketgan, u aslida noto'g'ri ishlab chiqilgan va shuning uchun ham amaliy faoliyat uchun yaroqsiz bo'lib qolgan holatga tushadi. Rivojlangan mamlakatlarning o'z iqtisodiy siyosatlarida erishgan katta, salmoqli yutuqlardan biri shu bo'ldiki, xo'jalik hayotini va xo'jalik mexanizmini boshqarish ishini ular ixtisoslashtirilgan kasbkor sohasiga aylantirishga muvaffaq bo'la oldilar. Shunday qilib, avvalgi ishlab chiqarishni umumiy tadbirkorlik asosida o'zlari boshqarishlari o'rniga endilikda korxona taqdiri, hayot-mamoti maxsus boshqarish ilmi va amaliy tajribasi bilan qurollangan maxsus odamlar - asosiy kasbi menejer boshqaruvchi bo'lgan mutaxasislar qo'liga topshirib qo'yiladi va ularga to'la boshqarish erkinligi beriladi. boshqaruvchi - menejerlar maxsus muassalarining keng miqyosda amal qilishi hozirgi rivojlangan mamlakatlar kadrlar siyosatidan doimiy o'rin olganligi bejiz emas albatta. Ularni maxsus o'quv yurtlarida, maxsus dasturlar asosida tayyorlash sistemasining hayotga, xususan, xo'jalik hayotiga chuqur kirib borishi o'ziga xos mantiqqa egadir, chunki boshqaruvchi - menejer rolining ishlab chiqarish jarayonida, mehnat unumdorligining oshirilishida, mahsulot sifatini yaxshilashda, iqtisodiy tejamkorlikni ta'minlashda juda ulkan samaralar berayotgani hozirgi kunda shak-shubxasizdir. Ijtimoiy ishlab chiqarish umumiyligi tabiatining yanada kengayib va chuqurlashib borayotganligi, hozirgi kunda yagona jahon xo'jaligining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.97 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.97 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:39 ]
Arxiv ichida: doc