O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy modeli

O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy modeli

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy modeli - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy modeli Reja: Ta'lim to'g'risidagi Qonunning tuzilishi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta'lim tizimi va turlari Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, o'zluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish Ta'lim to'g'risidagi Qonunning tuzilishi. Tayanch iboralar: O'zbekiston Respublikasi, Ta'lim to'g'risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta'limning o'rni, huquqiy kafolatlar, qonunning asosiy vazifalari, qonunning umumiy qoidalari, ijtimoiy himoya qilish, ta'lim tizimini boshqarish. 1. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning qabul qilinishi davr talabi. O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimini mustaqil yo'llaridagi taraqqiyoti bosqichlariga qarab uni shartli ravishda 2 ga bo'lish mumkin. bosqich-Respublika ta'limining yangi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunini «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingunga qadar bosib o'tilgan yo'li. bosqich-Respublika ta'lim taraqqiyotida muhim o'rin tutgan yuqoridagi ikki hujjat qabul qilingandan so'ngi davrdagi taraqqiyot bosqichidir. Respublika ta'limida ro'y berayotgan o'zgarishlarni baholash, qiyoslash uchun eski mustabit tizimdan qanday ta'limiy meros qolganini yana bir bor esga olish lozim. Zotan, qiyoslash, nisbatlar ko'lamini hisobga olish pedagogikada muhim ahamiyatga ega. Aynan Shu mavzudan boshlashning boshqa sababi ham bor. «O'zbekiston ta'limining bugungi nufuzi, sobiq tuzumdan takomillashgan ta'lim tizimini meros qilib olganligidadir» deguvchilar ham uchrab turibdi. Ular milliy istiqlol ta'limni barpo etish o'z o'zidan bo'lmayotganini anglashlari kerak, bu jarayonni oson kechmayotganligini chuqur his qilishlari zarur. Mamlakat mustaqilligini eng dastlabgi kunlaridanoq buyuk milliy ma'naviyatni tiklash qadryatlarni qadrlash va yanada yuksaltirish milliy ta'lim tarbiya tizimini shakllantirish zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga favqulotda katta ahamiyat berildi. Bu o'rinda istiqlolning ilk yillari ta'limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko'rsatib o'tish o'rinlidir. Mustaqil Respublika ta'limining o'rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarni belgilab bergan 1992 yil 2 iyul kuni birinchi «Ta'lim to'g'risidagi qonun» qabul qilindi. Bu qonunni asosiy vazifalari quyidagilar edi: Respublikada ta'lim mustaqilligini ta'minlash; uning milliylashtirilishini ta'minlash; ta'lim yo'liga to'siq bo'ladigan vositalarni olib tashlash; ta'limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish; ta'lim boshqaruviga to'liq huquqiy kafolatlar berish; mustaqil tarzda chet el ta'limi bilan hamkorlik; o'quv dasturlari va rejalarini tanlab olishda erkinliklar berish; sinov tajriba o'tkazishni rag'batlantirish; ta'limni noan'anaviy turlarini yaratish va rivojlantirish; tashabbuskor va ijodkorlikka keng sharoit yaratish; Milliy ta'lim-tarbiya tarixida birinchi marta «Ta'lim to'g'risida» gi Qonun qabul qilingan davrdan to yangi tahrirdagi ana shunda y Qonun qabul qilingunga qadar oradan o'tgan vaqt ichida ta'lim taraqqiyotini ta'minlay oladigan darajada ko'pgina ijobiy ishlar amalga oshirildi. Milliy ta'lim tizimi ham mustaqillikka erishdi. U shakllandi va takomillashib bordi. Jumladan maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasida ish shakli keskin o'zgardi. U bolalarni ilk yoshligidan ta'lim-tarbiya beradigan darajadagi uzluksiz ta'limning boshlang'ich ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 105.31 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 105.31 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga