O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni

O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonuni Reja: 1.«Uzluksiz ta'lim» tushunchasi. Uzluksiz ta'lim tuzulishi. Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari. 2. Kasbiy ta'lim turi va tizimi. Kasbiy ta'lim rivojlanishining asosiy omillari. 3 Uzluksiz, kasb-hunar ta'limi tizimida O'rta maxsus ta'limining o'rni va ahamiyati. Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tahminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol, mahnaviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarurshart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta'lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar mahlumotlarini o'zlashtiradi, yuksak mahnaviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi. Uzluksiz ta'lim quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim. Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, hartomonlama kamol topib shakllanishini tahminlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta'lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi tarmog'i shakllanib bormoqda. Bu o'rinda «Xonadon bog'chasi» hamda «Bolalar bog'chasi - boshlang'ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga tasviriy sanhat, musiqa, til va komputer savodxonligini o'rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida mahnaviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi. Umumiy o'rta ta'lim to'qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limidan iborat. Umumiy o'rta ta'lim boshlang'ich ta'limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish chtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o'zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan mahnaviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lish, shuningdek, kasb tanlash ko'nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o'quvchilarning umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar mahlumotiga egaliklarini belgilaydi. O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkoriigida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi. O'qish muddati uch yil bo'lgan maiburiv o'rta maxsus. kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o'rta ta'lim negizida tashkil etiladi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining ikki muhim yo'nalishi bo'lgan - akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.83 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.83 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga