O'zbekiston Resrublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining o'ziga xosligi

O'zbekiston Resrublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining o'ziga xosligi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekiston Resrublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining o'ziga xosligi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Resrublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o'ziga xosligi Режа: 1.Milliy dasturning maqsad va vazifalari. 2.Milliy dasturni amalaga oshirish bosqichlari. 3.Milliy modelning tarkibiy qismlari. 4.Milliy dasturni amalga oshirishning asosiy tashkiliy chora-tadbirlari. O'zbekiston zaminida ijtimoiy siyosiy davrda milliy o'zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o'zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o'rtasida uyg'unlikni vujudga keltirish, ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka o'tib berishi jarayonida voyaga yetayotgan yoshlarning qobiliyatlari, ichki imkoniyatlarini rivojlantirish davr talabi ekanligini etirof etish lozimdir. Insonshunoslik fanida inson - jamiyat, jamiyat - inson shaklida o'zaro tahsirni taqozo etar ekan, birinchi va ikkinchisi ham to'g'ri, ham teskari aloqani o'rnatishi joiz. Abdulla Avloniy o'z davrida bashorat qilganidek: Agar pedagogika insonni xar tomonlama tarbiyalashni hohlar ekan, unda insonni xar tomonlama o'rganishi zarurdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: Aql-zakovatli, yuksak Ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi , - degan fikri ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy g'oyani ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ko'rsatadi. Bu ulug'vor vaziflarni amalga oshirish uchun Respublika Oliy Majlisining 1997 yil 29 - avgustdagi IX sessiyasida, qonuniy zamin bo'lgan Ta'lim to'g'risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'grisidagi qonunining qabul qilinishiga bir qator omillar sabab bo'ldi: Mamlakatimizda ijtimoiy tuzum o'zgardi. Ijtimoiy ishlab chiqarish va mulkka bo'lgan munosabat o'zgardi. Eski mafkuraviy qarashlar javob bermay qoldi. Ta'lim muassasalarida olib borilayotgan tadbirlar jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilinish lozim bo'ldi. Talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar his-tuyg'ularini singdirib, ularni xar tomonlama barkamol, chuqur bilimga ega mutaxassis etib tayyorlashni taqozo etdi. Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi nazarda tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir: Milliy dasturni ruyobga chiqarish bosqichlari. 1. 1997-2001 yillar bu bosqichda ta'lim qonuni asosida ta'lim tizimi va mazmuni qayta ko'rildi. DTS yaratildi. 2. 2001-2005 yillarni o'z ichiga olib milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish rejalashtirildi va sifat bosqichi deb nomlandi. 3. 2005 va undan keyingi yillarni o'z ichiga qamrab olgan. Bu davrda ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanishi, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv - uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnalogiyalar bilan to'liq tahminlanishi, milliy (elita) oliy ta'lim muassasalari qaror topishi ko'zda tutilgan. Birinchi bosqich (1997-2001 -yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish. Ikkinchi bosqich (2001 -2005-yillar) - Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.73 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.73 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga