O'zbekistonda demokratik, erkin fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti hamda pedagogikaning vazifalari

O'zbekistonda demokratik, erkin fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti hamda pedagogikaning vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekistonda demokratik, erkin fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti hamda pedagogikaning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda demokratik, erkin fuqarolik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti hamda pedagogikaning vazifalari. Milliy istiqlol g'oyasi pedagogikaning bosh metodologik asosi sifatida Reja: O'zbekistonda demokratik, erkin fuqarolik jamiyatini qurish va ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarining uyg'unligi. ta'lim iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchidir. O'zlashtirish ta'limidan Bunyodkorlik ta'limiga o'tishning zarurligi. ta'limda insonparvarlashtirish va demokratlashtirishning mohiyati. Hamkorlik pedagogikasi. O'quvchilarga milliy g'oya va istiqlol mafkurasini singdirishning pedagogik shart-sharoitlari. O'zbekiston mustaqilligining qo'lga kiritilishi jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida ulkan o'zgarishlar, tub islohotlar o'tkazishni taqozo qilmoqda. Malumki, o'z hayoti, maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o'z kelajagi haqida qayg'uradigan millat g'oya va milliy mafkurasiz yashay olmaydi, o'z yo'lini topa olmaydi. Istiqlol g'oyasi va mustaqillik mafkurasi ko'p millatli O'zbekiston xalqining ezgu g'oya-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo'lidagi asriy orzu-intilishlari, hayotiy ideallarini aks ettiradi, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, halq farovonligi kabi yuksak g'oyalarning mano-mazmunini teran anglashga xizmat qiladi. Mafkura xalqni xalq, millatni millat etadigan, uning shonu sharafi, or nomusi, qadr-qimmati, ishonch-e'tiqodini ifodalaydigan, jamiyatimiz o'ziga xos yo'li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan g'oyalar tizimidir. Milliy istiqlol g'oyasining mazmun-mohiyati, mustaqillik mafkurasining bosh maqsadi - xalqni buyuk kelajak, yuksak va ulug'vor maqsadlar sari etaklash, birlashtirish, Vatan baxt-saodati uchun masullik hissi bilan yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho ilmiy-ma'naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga munosib yuksak fazilatli, komil insonni tarbiyalash, yaratuvchanlik va shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirishdir. Prezident Islom Karimov say-harakatlari bilan olib borilayotgan ushbu ezgu ishda o'quv yurtlarida Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining kiritilishi o'ziga xos bosqich bo'ldi. O'zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi-jamiyatimiz barcha a'zolarining etnik mansubligi, ijtimoiy ahvoli, e'tiqodi, jinsi, yoshi, tilidan qatiy nazar ularning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, ularni jipslashtiradigan, ularning o'tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog'laydigan, asriy orzu-istaqlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g'oyalar tizimidir. Milliy istiqlol mafkurasi: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi; Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlari, ulug' bobokalonlarimizning o'lmas merosidan oziqlanadi; Adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g'oyalari hamda xalqimizning ishonch va e'tiqodini aks ettiradi; Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi; Jamiyat a'zolarini, aholining barcha qatlamlarini O'zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi; Millati, tili va dinidan qatiy nazar mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g'oyalariga sadoqat va o'zaro hurmat tuyg'usini qaror toptiradi; Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma'rifiy yo'l bilan singdiriladi. Milliy mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala-jamiyatni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga