O'zbekistonda kasbiy ta'lim sohasidagi islohotlar va yangi pedagogik texnologiyalar zaruriyati

O'zbekistonda kasbiy ta'lim sohasidagi islohotlar va yangi pedagogik texnologiyalar zaruriyati

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekistonda kasbiy ta'lim sohasidagi islohotlar va yangi pedagogik texnologiyalar zaruriyati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda kasbiy ta'lim sohasidagi islohotlar va yangi pedagogik texnologiyalar zaruriyati. 1-reja: O'zbekistonda kasbiy ta'lim sohasidagi islohotlar. O'zbekiston Respublikasida kasb ta'limi islohoti. Istiqlolga erishgan mamlakatimizda yuz berayotgan tub o'zgarishlar ta'lim mazmunini davr nuqtai nazaridan yangilashni taqozo etmoqda. Bunday yangilanish O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida shakllantirilayotgan uzluksiz ta'lim tizimi doirasida kasb ta'limiga alohida o'rin berilishining samarasi sifatida kasb- hunar kollejlari va akademik litseylar tizimi shakllandi. Bugungi kunda kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg'or metodlar va yo'nalishlar bilan boyib bormoqda. Ayni vaqtda o'zining keng tadbiqini kutayotgan, fanning boshqa sohalari bilan aloqadorlikda ishlab chiqilgan yangi kontseptsiya va nazariyalar rivojlantirilmoqda Kasbiy ta'lim uzoq davr mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo'naltirildi, biroq ushbu chora bitiruvchilarning kasbiy mahoratining shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat kasbiy mahorat va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o'z bilimini takomillashtirib borishi hamda o'z-o'zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas edi. Respublika xalq ta'limi tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida kasbiy ta'limni samarali tashkil etish, ishchi kasblariga maxsus tayyorlash, ta'lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Bu o'rinda kasb ta'limiga bo'lgan e'tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: Yangilangan ta'lim tizimini joriy etishda har bir bo'lajak o'qituvchining o'z faniga va barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga oid kasbiy kompetentligini shakllantirish va ularni pedagogik faoliyatda izchil qo'llay bilish mahoratiga ega bo'lishi bugungi kunning muhim talabidir. O'qituvchining kasbiy kompetentligi pedagogik yechimlar qabul qilish jarayoni bilan tavsiflanadi. Bu, ayniqsa, pedagoglarda ta'lim jarayonida vujudga keladigan muammolarni ko'ra olish, mustaqil ravishda aniq bir pedagogik maqsadlar va masalalar qo'ya olish, ularning yechimlari topa olish, tahlil qilish, olingan natijalarni baholay olish kabilarni rivojlantirish muammosining dolzarbliligini oshiradi. Dastlab kompetentsiya va kompetentlik tushunchalariga to'xtalsak. Kompetentsiya - ma'lum bir sohada sifatli produktiv faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan mutaxassisning ta'limiy tayyorgarligiga qo'yilgan talabdir. Kompetentlik - inson tomonidan faoliyat predmetiga tegishli kompetentsiyalarni egallaganlikdir. Kompetentlikning M.A.Choshanov ta'rifiga ko'ra formulasi: 2-reja: Kasbiy ta'lim sohasidagi yangi pedagogik texnologiyalar zaruriyati. Hozirgi zamonda kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda yaratilgan yangi pedagogik shart-sharoitlar asosida zamonaviy ta'lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish tajribalaridan foydalanib, talabalar bilimlarini muntazam ravishda rivojlantirib borish va bunda samarali innovatsion uslublarni o'zlashtirgan holda, ularni amaliyotga joriy qilish borasida faoliyat olib borish lozim. Bugungi kunda zamonaviy ta'lim texnologiyalari deganda o'qitishning texnik vositalari yoki kompьyuterlardan foydalanish tushunilmaydi, balki bu ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo'llash, shuningdek qo'llanilayotgan usullarni baholash yo'li orqali ta'lim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 863.16 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 863.16 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga