2-a guruh talabasi Ostonova Sayyora O'zbekistonda shakllangan ta'lim tizimini isloh etish O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimi shakllangan. Uzluksiz ta'lim quyidagi ta'lim turlarinini o'z ichiga oladi: Maktabgacha ta'lim Umumiy o'rta ta'lim O'rta maxsus, kasb hunar ta'limi Oliy ta'lim Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Maktabdan tashqari ta'lim Uzluksiz ta'lim - malakali raqobatbardosh kadralar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlari, DTS ni, kadrlar tayyorlash tuzilmasini va uning faoliyat ko'rsatish tizimini o'z ichiga oladi. O'zaro mantiqiy izchillik asosida bog'langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir - birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yahlit ta'lim tizimi. O'zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri 1997 yil 29 - avgustda qabul qilingan Ta'lim to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida tamoyil sifatida qayd etilgan. Umumiy ta'lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy - texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Umumiy ta'limning faoliyat ko'rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Ta'limning ustvorligi. 2. Ta'limning demokratlashuvi. 3. Ta'limning insonparvarlashuvi. 4. Ta'limning ijtimoiylashuvi. 5. Ta'limning milliy yo'naltirilganligi. Endi quyida uzluksiz ta'limning tarkibiy qismlari haqidagi qisqacha ma'lumotlarni keltiramiz. Maktabgacha ta'lim - bu milliy pedagogik kadrlar tayyorlashning boshlang'ich shakli. Maktabgacha ta'limning vazifasi bolani sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlash, ulardagi o'qishga intilish hissini uyg'otish va uni muntazam ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha ta'lim bola 6 - 7 yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Uning maqsad - vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar ishtirok etishi mumkin. Umumiy o'rta ta'lim - bu to'qqiz yillik (I - IX sinflar) o'qitishdan iborat bo'lgan umumiy o'rta ta'lim - majburiy ta'limdir. Bunda ta'lim oluvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o'zlashtirish ehtiyojlarini, asosiy o'quv - ilmiy va umummadaniy bilimlarini, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy - axloqiy fazilatlarni, mehnat ko'nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof - muhitga ongli munosabatda bo'lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. O'rta umumta'lim - uzluksiz majburiy ta'lim bo'lib, unda quyidagi muammolar hal bo'ladi: fanlar asoslari bo'yicha uzluksiz bilim beriladi; mehnat ko'nikmalari shakllanadi; ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bo'lishi o'rgatiladi; kasb tanlash shakllanadi. Umumiy o'rta ta'limning dastlabki bosqichi boshlang'ich ta'lim deb nomlanadi. Boshlang'ich ta'lim - umumiy o'rta ta'limning dastlabki bosqichi. O'zbekiston Respublikasida boshlang'ich ta'lim 1 - 4 sinflarda bolalarga ilk ta'lim berish, ularni ma'naviy kamol toptirishning boshlang'ich davri hisoblanadi. U 1 - 4 sinflarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.59 MB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.59 MB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:39 ]
Arxiv ichida: pptx