O'zbekistonda Tadbirkor ayollar uyushmasining tashkil topishi va tarixiy ahamiyati. MUNDARIJA KIRISH…….3 I-bob. Mustaqil O'zbekistonda Tadbirkor ayollar uyushmasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. ……8 1.1.O'zbekistonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda Tadbirkor ayollar uyushmasining tashkil etilishi va uning o'rni…….8 1.2. Respublikamizda faol va ishbilarmon ayollar faoliyatining rivojlanishi va uning ahamiyati……18 II-bob. Mamlakatimizda tadbirkor ayollarning moddiy-ma'naviy va huquqiy manfaatlarini o'rni va ularning ahamiyati……27 2.1.O'zbekistonda tadbirkor ayollarning moddiy va ma'naviy sohalardagi o'rni……27 2.2.Respublikada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilinishi……34 Xulosa. ……52 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……54 Ilovalar…… KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning qobiliyatini, iste'dodini ro'yobga chiqarish orqali oila hamda jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishga katta e'tibor qaratib kelinayotgani bois bugungi kunda barcha sohalarda faol ayollar o'z o'rnini topib bormoqda. O'zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirib kelinayotgan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor islohotlari samaradorligini ta'minlashda ayollar rolining ortishi, ularning jamiyat hayotining barcha jabhalarida faol ishtirok etish, onalik burchlarini bajarish bilan birga, ishlab chiqarishda mehnat qilish uchun zarur huquqiy va ijtimoiy kafolatlarning yaratilganligi shundan dalolat beradiki, Respublika hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tub o'zgarishlar, yangilanishlar tufayli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish demokratik jarayonlarni amalga oshirishning eng muhim shartlaridan bo'lib kelmoqda. Bu masala hozirgi paytda dolzarb muammo hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati qurish, uni demokratlashtirish hamda modernizatsiyalash va barcha jabhalarda qonun ustuvorligini ta'minlash g'oyasini shakllantirishning asosiy tamoyillari Prezident Islom Karimov asarlarida aniq-ravshan belgilab berilgan. Mazkur g'oya negizida teng huquqlilik tamoyillarining to'laligicha kafolatlanganligi Respublikaning salkam 13 millionga yaqin xotin-qizlari manfaatiga to'liq mos tushadi. SHuningdek, Islom Karimovning Respublikadagi xotin qizlar tashkilotlari faoliyatini ayollar manfaatlarining amaldagi haqiqiy ifodachisi va himoyachisiga, biz barpo etayotgan erkin fuqarolik jamiyatining tom ma'nodagi uzviy bir qismiga aylantirish borasidagi da'vati yurtimizda xotin-qizlarga bo'lgan hurmat hamda katta ishonchning yana bir ifodasidir. Chunki yurtboshimiz ta'kidlaganidek: Jamiyatning demokratik o'zgarishlar yo'lidan nechog'li ilgarilab ketgani, shu jamiyatning ayollarga bo'lgan munosabati uning madaniy-ma'naviy saviyasini belgilaydi1. Islohotlarni amaliyotga tadbiq etishda Respublika aholisining 51,2 foizini faol mehnat resurslarining 47,8 foizini tashkil etuvchi xotin qizlarning tobora faollashib borayotganligi mustaqillik xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga ulkan imkoniyatlar ochib berganligini, bu ulug' ne'mat ayolning oila va jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishiga kafolat ekanligini to'la anglab yetganligidan dalolatdir. 2011 yil O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb e'lon qilindi. Bu esa soha rivoji uchun keng imkoniyatlarni yaratdi. kichik biznes va xususiy tadbirkorlik-jamiyatimizning bugungi va kelajak taraqqiyotimiz, farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo'lishi shart 2 -deb ta'kidlaydi. O'zbekiston xotin-qizlari orasida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda faoliyat olib borayotgan yetuk malakali mutaxassis kadrlar soni yildan-yilga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.37 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.37 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:40 ]
Arxiv ichida: doc