Mavzu: O'zbekistonda ta'lim tizimida islohotlar va innovatsiyalar Reja: Kirish I-bob. Mustaqillik yillarida ta'lim tizimidagi islohotlar. I.1. Mustaqillik yillarida ta'lim tizimining tubdan isloh qilinishi. I.2. Ta'lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo'nalishlari. I.3. Ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi oslohotlar. II-bob. Ta'lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. II.1. Ta'lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o'rni. II.2. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta'lim tizimida joriy etish tartibi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Mavzuning dolzarblgi. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O'zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta'lim-tarbiya ishlarini oqilona yo'lga qo'yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, ma'rifat, ta'lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagiyangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng qo'lashda o'rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi. Shu sababli bitiruv malakaviy ishini keng o'rganish yoritish dolzarb ahamiyatga ega mavzulardan biri hisoblanadi. Maqsad va vazifasi. O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimidagi islohotlarni hayotga joriy qilinishini o'rganish va tahlil qilishdan iborat. Respublikamiz mustaqil, suveren davlat sifatida tobora rivojlanib bormoqda. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy sohada tarixan qisqa vaqt ichida qanday yutuqlarga erishganimizni jahon jamoatchiligi ko'rib, kuzatib turibdi. Erishilgan yutuqlar haqida jahonning eng nufuzli iqtisodchilari, siyosatchilar ko'pdan-ko'p ijobiy fikrlar aytmoqdalar, yutuqlarimizni bir necha o'n yilliklarga, hatto asrlarga qiyoslamoqdalar. Rsepublikamiz ta'limida ro'y berayotgan o'zgarishlarni baholash, qiyoslahs uchun bizga sobiq Ittifoq-eski mustabid tuzumdan qanday ta'limiy meros qolganini yana bir bor esga olish lozim, deb o'ylayman. Zotan, qiyoslash, nisbatlar qo'lamini hisobga olish pedagogikada muhim ahamiyatga ega. I-bob. Mustaqillik yillarida ta'lim tizimidagi islohotlar. I.1. Mustaqillik yillarida ta'lim tizimining tubdan isloh qilinishi. Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy'gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasigaolib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. Bu o'rinda istiqlolimizning ilk yillari ta'limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiqdir. Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil Respublikamizda ta'limni o'rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi Ta'lim to'g'risidagi qonun qabul qilindi. Maxsus qonun Respublikamizda ta'lim mustaqilligini ta'minlab berish, kelajakda uni milliylashtirishga, ta'lim taraqqiyotiga to'liq bo'ladigan barcha vositalarni oradan olib tashlash bo'yicha ta'lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to'la huquqiy kafolatlar barish, ta'limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta'lim bo'yicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yo'llarini ochib berishi, ta'lim muassasalari ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
370.63 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
370.63 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:40 ]
Arxiv ichida: pptx