O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimi M a v z u 1. Xalq ta'limi tizimi Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishda ustuvor soha 2. Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari. 3. Maktabgacha ta'lim. 4. Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 5. Oliy ta'lim 6. Kadrlar masalasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 7. Maktabdan tashqari ta'lim Reja: XALQ TA'LIMI TIZIMI RespublikaMIZ IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY RIVOJLANTIRISHDA USTUVOR SOHA Xalq ta'limi tizimi deb muayyan mamlakatlar ichki va tashqi taraqqiyotiga tavsif beruychi hamda malum bir qoidalar asosida tashldl etilgan barcha ta'Iim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. O'zbekistonda Xalq ta'limi tizimi Respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishning ustuvor soh'asi hisoblanadi. Xalq ta'limi tizimi Respublikamizning ilm borasidagi kuch-quv-vatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi o'z mas'uliyatini anglaydi-gan erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Xaiq ta'limi tizimi O'zbekiston Respublikasining Konstitu-tsiyasi va O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi qonunga muvofiq tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Respublikamiz Konstitutsiyasining 18 va 41- moddalarida ko'rsatil-ganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, bilim olish huquqiga egadirlar. Shuningdek, fuqarolarning bepul umumiy ta'lim olishi davlat tomonidan kafolatlangandir. Bu huquq ilm olishning tekinligi, yoshlarga umumiy majburiy o'rta ta'lim berishni amalga oshirishni, o'qitishni hayot, unumli mehnat bilan bog'lash asosida rivojlantirish negizida izohlanadi. 1991- yilning 31- avgustida Respublikamiz hayotida tarixiy voqea yuz berdi: Istiqlol e'lon qilindi. Shu munosabat bilan jahon tajribala-ridan kelib chiqib, eng birinchi navbatda, mustaqil respubli-kamizning xalq ta'limi sohasida islohot o'tkazish masalasi ko'tarildi. Nihoyat, O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qo-nuni ta'Iim tizimining yangilanishiga sabab bo'ldi. Oldingi qabul qilingan qonunlardan farqli o'laroq, xalq ta'limi tizimi tuzilishida bir qancha yangi qoidalar joriy etildi va bajarilishi majburiy, deb qayd qilindi. Uzluksiz ta'lim Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'min-lovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar xam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMI VA TURLARI Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartiari asosida, turli darajadagi ta'lim dasturlarining izchiliigi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: - maktabgacha ta'lim; - umumiy o'rta ta'lim; - o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi; - oliy ta'lim; - oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; - kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; - maktabdan tashqari ta'lim. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir. Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
191.27 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
191.27 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:40 ]
Arxiv ichida: pptx