O'zbekistonda xalq maorifi tizimi Reja O'zbekistonda xalq ta'limi va maorif tizimining rivojlanish xususiyatlari. Mustaqillik davrlarida ta'lim sohasidagi islohotlar. O'zbekistondagi yagona ta'lim tizimining tarkibiy qismlari. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Ta'lim jarayonidagi hamkorlik. Xalq maorifi tushunchasi. Xalq ta'limi deganda, aniq maqsadni ko'zlab mamlakat yoshlariga ta'lim-tarbiya beradigan muassasalar tushuniladi. Har bir mamlakat xalq ta'limi tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojiga va jamiyat taraqqiyotiga ta'sir etadigan ijtimoiy, iqtisodiy masalalarga va milliy xususiyatga bog'liq bo'ladi. Xalq ta'limi tizimi deb muayyan mamlakatlar ichki va tashqi taraqqiyotiga tavsif beruvchi hamda ma'lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta'lim - tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. Fan-texnika taraqqiy etayotgan hozirgi davrda xalq ta'limi tizimining barcha tarmoqlarini muttasil takomillashtirish, uni oqilona uyushtirish va boshqarish masalalariga katta ahamiyat berilmoqda. O'zekistonda xalq maorifi tizimining rivojlanish xususiyatlari. O'zbekistonda xalq ta'limi tizimi Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishning ustivor sohasi hisoblanadi. Xalq ta'limi tizimi Respublikamizning ilm borasidagi kuch-quvvatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi o'z mas'uliyatini anglaydigan erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Xalq ta'limi tizimi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi Qonunga muvofiq tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Respublikamiz Konstitutsiyasining 18-va 41-moddasida ko'rsatilganidek barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar bilim olish huquqiga egadirlar. Shuningdek, fuqarolarga bepul umumiy ta'lim olishning hamma turlari tekinligi, yoshlarga umumiy majburiy o'rta ta'lim berishni amalga oshirishni o'qitishni hayot, unumli mehnat bilan bog'lash asosida rivojlantirish negizida tashkil qilish izohlanadi. Ta'lim tizimi va turlari. Ta'lim tizimi davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish yo'lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta'lim muassasalari majmui demakdir. Har bir mamlakatning ta'lim tizimi uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi davlat ta'lim standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari, ta'lim tizimining faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni o'z ichiga oladi. Respublikaning ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir. Respublika «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunida ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: Maktabgacha ta'lim - bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlovchi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otuvchi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta'lim bosqichi. Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarning fan asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.79 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.79 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:40 ]
Arxiv ichida: docx