O'zbekistonda xalq ta'limi tizimi va uni tashkil etish tamoyillari

O'zbekistonda xalq ta'limi tizimi va uni tashkil etish tamoyillari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekistonda xalq ta'limi tizimi va uni tashkil etish tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

O'zbеkistonda xalq ta'limi tizimi va uni tashkil etish tamoyillari Reja: O'zbеkistonda xalq ta'limi tizimi va uni tashkil etish tamoyillari. O'zbеkiston Rеspublikasining ta'limga oid qonunlari. Rеspublikamizda DTSni ishlab chiqish va uni amalga kiritilishi. Ta'lim va tarbiyaning birligi. Bilimlarni kuzatish, nazorat qilish va baholash. Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: Xalq ta'limi tizimi - muayyan mamlakatning ichki va tashqi kamolotiga ta'sir ko'rsatuvchi hamda ma'lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta'lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. Standart - ta'limda yaratilgan mе'yoriy rеja, dastur, darsliklarni o'zlashtirish ekvivalеnti, ya'ni ta'lim mazmunini o'zlashtirish darajasidir. O'quv reja - har bir mutaxassislik bo'yicha malaka va DTSda keltirilgan talablarni ta'minlovchi muayyan ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'quv faoliyati turlari, o'quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni kurs va semester davomida o'rganishning izchilligi va soatlaridagi qatnashishni belgilaydigan hujjat. O'quv rejasining moduli - uzluksiz ta'lim mazmunining asosiy invariant tarkibiy komponentlarini aks ettiruvchi o'quv rejasini taqdim etish shakli. O'quv fani - ta'lim muassasalarida o'rganish uchun fan, texnika, san'at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o'quv va ko'nikmalar tizimi. O'quv fani dasturi - o'quv rejasi kabi muhim davlat hujjati bo'lib, unda muayyan o'quv predmeti ochib beriladi va o'quv yili davomida ta'lim oluvchilar tomonidan o'zlashtirilishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar hajmi ko'rsatiladi. Darslik - DTS, o'quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy mafkura g'oyalari singdirilgan, muayyan o'quv fanining mavzulari to'liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o'zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo'nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr. O'quv qo'llanma - bu darslikni qisman to'ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo'yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o'zlashtirishni ta'minlovchi ayrim bob va bo'limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg'ulotlar olib borishga mo'ljallangan nashr. Ta'lim tamoyillari - o'qituvchining faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o'zlashtirilishi, tеgishli ko'nikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yo'l-yo'riqlarini o'z ichiga oladi. Electron darslik - bu an'anaviy darslikdan farqli o'laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya'ni foydalanuvchi e'tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimediya, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlashtirilgan darsliklar. Ma'ruzalar to'plami - muayyan fanning o'quv dasturi bo'yicha undagi mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladiganasosiy va qo'shimcha o'quv adabiyotlari ko'rsatilgan, o'z-o'zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, davriy ravishda ilmiy-tadqiqot izlanishlar asosida yangilanib turadigan, ta'lim muassasalarining ilmiy (pedagogik) kengashi tavsiyasi bo'yicha chiqariladigan kichik adadli tarqatma material. Metodik (uslubiy) qo'llanma - muayyan fanning o'quv dasturi bo'yicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 59.65 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 59.65 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga