O'zbekistonda xalq ta'limi tizimi va uning tuzilishi

O'zbekistonda xalq ta'limi tizimi va uning tuzilishi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'zbekistonda xalq ta'limi tizimi va uning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda xalq ta'limi tizimi va uning tuzilishi Reja: 1. Turg'unlik yillaridagi umumiy ta'lim maktabi, milliy maktablar hayot taqozosi. 2. «ta'lim to'g'risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»- xalq ta'limini rivojlantirish yo'lida. 3. Umumiy ta'lim maktablari, akademik litsey va kollejlarning xalq ta'limida tutgan o'rni. Tayanch iboralar: Milliy xalq ta'limi, umumiy ta'lim, milliy ta'lim, milliy maktab, akademik litsey, kollej. Respublikamizning milliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyoti bevosita maktablarga bog'liq. Xalq donishmandlari, elimizning buyuk mutafakkirlari - Farobiy va Beruniy, Ulug'bek va Navoiy, Zavqiy va Furqat, Hamza va Avaz O'tar, A.qodiriy va A.Avloniy faqat maorif va madaniyat orqali inson va davlatning kelajakda gullab yashnashini usha davrlarda ko'ra oldilar. Ulug'bekning mashhur madrasasi peshtoqiga Ilm olish har bir erkak va ayol musulmon uchun ham qarz, ham farzdir degan iboralar yozib qo'yilgan edi. Xalq ta'limida muhim o'rin egallagan umumiy ta'lim maktablari Respublikamiz hayoti bilan mustahkam bog'langan bo'lib, davlatning siyosiy, xo'jalik va madaniy vazifalariga xizmat qiladi. Shuning uchun ham Respublikamiz hukumati, joylardagi hokimiyatlar va jamoatchilik xalq ta'limi tizimini, jumladan umumiy ta'lim maktablarini rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish, yangi binolar bilan tamin etish, o'quv-moddiy va texnika bazasini mustahkamlash hamda ularni yuqori bilimga ega bo'lgan o'qituvchilar bilan ta'minlash kabi qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Bu borada o'qituvchilar, tarbiyachilarning moddiy ahvolini yanada yaxshilash masalasiga alohida etibor bilan qaralmoqda. Ana shunday g'amxo'rlik natijasida umumiy ta'lim maktablarining tarmog'i yildan-yilga kengaydi, undagi o'quvchilarning soni ko'payib, maktablarni o'qituvchilar bilan ta'minlash yaxshilanib bordi. Har bir kishining o'tmishi, ma'naviy qadriyatlari maktabdan boshlanadi. ta'lim olgan va olayotgan har bir shaxsning fazilatlariga tayanch bo'layotgan va uning ma'naviy qiyofasini, inson kamolotini voyaga etkazadigan maktab hammamiz uchun aziz va mo'tabardir. Shaxsni tarbiyalash va shakllantirish maktabning amaliy faoliyatida eng qiyin va murakkab jarayondir. Kundalik hayot va ish tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, maktablarning hamma o'qituvchilari ham bilim xazinasiga va xulq-atvor mezonlariga to'la ega bo'lmayotirlar. Yoshlarimiz orasida juda oz bo'lsada, o'qish va mehnatni mensimaslik, o'rtoqlarni ham kattalarni ham hurmat qilmaslik, jamoat tartibini buzishlik, ayollarga nisbatan qo'pollik, maishatga berilish, ma'naviy buzuqlik, bezorilik va xatto jinoiy ishlar qilish darajasiga borish kabi ko'ngilsiz holatlarning sodir bo'lib turishi barcha jamiyat a'zolarini, birinchi galda maorifchilarimizni tashvishlantirmay iloji yo'q. Bunday odobsizlik hudbinlik holatlarining oldini olish uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlarni tezda qo'llamaslik, ularning uy sharoitlari va atrof-muhitiga o'z vaqtida ahamiyat bermaslik, bola tarbiyasini salbiy ta'sirlardan saqlash uchun keraklicha yordam uyushtirmaslik, maktab, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining diqqat-etiborini to'la-to'kis safarbar etmaslik mana shunday salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. ta'lim-tarbiyaviy ishlarda sodir bo'layotgan bunday ayanchli hollarda xilma-xil qiyinchiliklar va ziddiyatlarning sabablari bor, albatta. Inqilobdan so'ng o'zbek maktablari uchun chiqarilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.65 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.65 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga