O'z-o'zini tarbiyalash va o'z ustida ishlash. Pedagogik tajribani to'plash tizimi

O'z-o'zini tarbiyalash va o'z ustida ishlash. Pedagogik tajribani to'plash tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'z-o'zini tarbiyalash va o'z ustida ishlash. Pedagogik tajribani to'plash tizimi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'z-o'zini tarbiyalash va o'z ustida ishlash. Pedagogik tajribani to'plash tizimi Reja: 1.O'z ustida ishlash va o'z-o'zini tarbiyalashning psixologik-pedagogik asoslari. 2.O'z-o'zini tarbiyalash metod va vositalari. 3.O'qituvchi irodasi hamda his-tuyg'usini tarbiyalash va ularni mustaqil tarbiyalash usullari. O'qituvchi o'z-o'zini tarbiyalashi uchun, avvalo o'zini atroflicha chuqur o'rganishi, o'z ishidagi yutuq va kamchiliklarni ko'ra olishi kerak. O'z-o'zni o'rganish va boshqa kishini anglash uchun ham zarurdir. Boshqa yutuqlarni o'rganmay, o'zini boshqalar bilan solishtirmay turib, o'zini shaxs sifatida o'rganish mumkin emas. O'zini anglash, o'zini baholash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat prosessida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi. Pedagogik vazifasi-faqat irodaviy fazilatlar doirasini ko'rsatib berishdan, ularning muhim axloqiy prinsplari bilan ichki aloqasini ochib berishdan tashqari o'z irodasini o'zi tarbiyalashga intiluvchi o'quvchiga yordam berish, irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning qanday usullari kam samarador va qaysi birlari jiddiy yordam bermasligini ko'rsatishdan iboratdir. Agar pedagogik adabiyotda ta'rif-tasvirlanayotgan yoshlar qullayotgan sodda va yasama usullarga e'tibor beradigan bo'lsak, yana ham muhimdir. Eng avvalo o'qituvchi o'zida pedagogik qobiliyatning qanday xislatlari borligini o'rganishi kerak. Pedagogik faoliyatga muhabbati yuksak o'qituvchi ishga chin ko'ngildan berilib ishlaydi, hech qanday formalizmga yo'l qo'ymaydi. O'z kasbini sevgan o'qituvchi doimiy ravishda g'oyaviy-siyosiy saviyasini oshirish va bilim doirasini kengaytiradi, o'z predmetini chuqur bilish ustida qunt bilan ishlaydi. Ma'lumki, insoniyat kamolotga chorlovchi imkoniyatlari shunchalik ko'pki, ularga erishish maqsadlari intilishida sabr-toqat bilan o'z ustida ishlash orqali erishishi mumkinligini tarixiy faktlarda ko'ramiz. Buyuk nemis pedagogi D. Disterverg har bir o'qituvchi o'z-o'zini tarbiyalashni o'z oldiga sharafli vazifa qilib belgilashi lozim. Rus pedagogi A.B. Lunacharskiy; «Pedagog o'zida insoniyat idealini shakllantirishi lozim» -degan edi. Aynan insoniyatning go'zal fazilatlarini o'zida shakllantirish har bir pedagogning kasbiy tayyorgarligining poydevorini tashkil etadi. Ushbu poydevorda pedagogning kasbiy mahorati o'z ustida ishlash tufayli kundan-kunga o'sib borishi mumkin. A.S. Makarenko kasbiy takomillashtirish masalasida shunday degan edi. «Men pedagogik talantga ega edim. Pedagogikaga kutilmaganda kirib keldim va o'rgandim. Men o'z ishimning ustasi darajasida ko'tarildim o'z ishimning ustasi darajasiga har bir intiluvchi pedagog erishishi mumkin.» Bunda unga yordam berishi, o'z ustida ishlash asosiy rol o'ynaydi. K.D Ushinskiy o'z-o'zini tarbiyalash orqali quyidagilarga erishdi. 1. xotirjamlik 2) so'zda ishonch va to'g'rilikka. 3) xatti-harakatga mulohaza bilan yondoshish 4) qat'iylik 5) o'zi haqida sababsiz biror og'iz gapirmaslik. 6.) lozim narsalardangina foydalanish. 7) har kuni kechasi o'ziga o'zi hisobot berish. 8) biror marotaba maqtanmaslik. oz-o'zini tarbiyalash o'z faoliyatini tahlil qilishdan va o'z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi. O'qituvchi o'z ustida ishlashi, o'z-o'zini tarbiyalashda quyidagi uslublardan foydalanadi: O'z-o'zini bilish: o'zini kuzatish. o'z harakatlarini tahlil etishi. o'z-o'zini sinashi. o'rtoqlarining fikrini tushuna olish Uziga baho berish: O'zini kuzatish. O'ziga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.34 MB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.34 MB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga