O'z-o'zini tarbiyalash va o'z ustida ishlash. Reja: O'z-o'zini tarbiyalash va o'z ustida ishlash pedagogik mahoratni shakllantirishiig asosiy sharti sifatida. O'z-o'zini tarbyalaish metod va vositalari. O'z-o'zini tarbiyalashda o'z-o'ziga baho, o'z-o'zini kuzatish, anglash va ishontirishdan foydalanish. Buyuk kelajak taraqqiyoti tomon odim otayotgan mamlakatimizda kadrlar masalasi yosh avlod tarbiyasi birinchi o'rindagi muhim masalalar qatorida turibdi. Zeroki O'zbekiston ravnaqi kelajagi shu yoshlar, yani kadrlar qo'lida ekan, jamiki etibor ularni hur fikrli bo'lishi, jahon ta'lim standartlariga mos kela oladigan ta'lim olishi buyuk kelajak uchun qo'yilayottan mustahkam poydevordir. Jumladan, 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan ta'lim to'g'risidagi kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta'limni yana bir pog'ona ildamlatdi, desak xato qilmagan bo'lamiz. Chunki zamonaviy ta'lim olishning o'zi har bir yosh avlodga katta-katta mas'uliyatlar yuklaydi. Zeroki ta'lim tarbiya jarayoni shaxsini har tomonlama kamol toptirish, yuksak g'oyali, milliy g'ururli chuqur ma'lumotli, ma'naviy va jismoniy yetuk qilib etishtirish maqsadini ko'zda tutadi va o'z ishlarini shu nuqtai nazardan yo'lga qo'yadi. Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda yosh avlodni tarbiyalash, hayotda o'z o'rnini topish, demokratik davlat qurish vazifalariga, bo'ysundirilishi lozim ekanligini uqtirib o'tgandi. Bugungi kunda zamonaviy ta'limni turli usullarda amalga oshirish mumkin. Bularning barida butun mas'uliyat o'qituvchiga yuklatilmasdan o'quvchidan ham o'z-o'zini boshqarish talab etilmoqda. O'qitish tizimida o'z-o'zini boshqarishning zarurligi, eng avvalo, butun o'quv yurtlari tizimining samarali, puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. Chunki o'z-o'zini boshqarish tufayli o'qitishdagi o'zaro munosabat o'qitishning borishini jadal boshqarish va kamchiliklarni o'z vaqtida tuzatish keyingi darsga zamin va imkon yaratadi. o'z-o'zini boshqarish biz mustaqil ish jarayonlarida turli xildagi tadbirlar uyushtirish va o'tkazishda, tarbiyaviy soat darslarida ko'rishimiz mumkin. o'z-o'zini boshqarish mohiyati o'quvchilarda birinchi o'rinda o'zini mustaqil his qilishi va o'zi ko'proq darsni qabul qilishidan iborat. Agar o'qituvchi o'quvchilarga malum bir mavzuni o'zlashtirishga qiziqtirib borsa o'qituvchi mavqiy nima bilan ulchanishini bilamiz. Uning mavqiy o'z kasbiga muhabbati, o'quvchilariga nisbatan talabchanligi, o'quv dasturi va darsliklardan to'g'ri foydalana bilishi, shuning bilan bir qatorda o'z ustida tinmay izlanib, o'z-o'zini tarbiyalashi bilan ulchanadi. Kelajagimiz yoshlar qo'lida ekan, biz o'qituvchilar ana shu yoshlarni chin inson bo'lib etishishlari uchun qo'limizdan kelgan barcha mahoratimizni ishga solmog'imiz kerak. O'qituvchilik nihoyatda mas'uliyatli kasb, bu esa ko'proq o'z ustida ishlash, tajriba almashish, darsga tayyorgarlikni takomillashtirishga davat etadi. O'qituvchilarning o'z-o'zini tarbiyalashlarida matbuot sahifalari bilan tanishishi, ilg'or o'qituvchilarning tajribalariga suyangan holda dars tahlillarida qatnashishi, kollektivdagi kasbdoshlari bilan uslub almashish yuqori samara beradi. O'qituvchi mehnatda, xylq - atvorda tirishqoqlik qilib, o'z imkoniyatlarini ishga solishi, o'ziga majburiyat olishi, o'zini nazorat qilishi, o'ziga-o'zi hisob berishi, o'ziga o'zi baho berishi singari o'z-o'zini tarbiyalashning elementlarini shakllantirib borishi lozim. O'qituvchi o'z-o'zini tarbiyalashi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.91 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.91 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:38 ]
Arxiv ichida: doc