Parlament tushunchasi va uning mohiyati

Parlament tushunchasi va uning mohiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Parlament tushunchasi va uning mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Parlament tushunchasi va uning mohiyati Reja: 1. Parlament tushunchasi va uning mohiyati 2. mustaqil O'zbekiston parlamenti vujudga kelishining o'ziga xos xususiyatlari 3. O'zbekiston Respublikasining saylov tizimi 4. O'zbekistondagi Saylovlar, Ikki Palatali 5.Parlamentning Shakllantirilishi Parlament tushunchasi va uning mohiyati Siyosiy hokimiyatda o'z o'rnining boshqa siyosiy hokimiyat shakllariga nisbatan alohida xususiyati bilan ajralib turuvchi davlat hokimiyati tizimida qonun chikaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi organ alohida urin tutadi. Parlamentning vujudga kelishi davlat boshqaruvi sohasida muhim ahamiyat kasb etgan va kasb etmokda. Shu tufayli yakka xukmronlik cheklandi. Davlat boshligi faoliyati ustidan samarali va ta'sirli nazorat o'tkazish imkoniyati, mamlakatda malum ijtimoiy munosabatlarni qonun asosida tartibga solish amaliyoti paydo buldi. Eng muhimi hokimiyatni amalga oshirishda xalqning ishtiroki ta'minlandi va xalq vakilligi vujudga keldi. Shuning uchun parlamentning hokimiyat tizimida vujudga kelishini demokratiyaning eng muhim galabasi deyish mumkin. Parlament so'zining kelib chiqishi fransuz tilidan bo'lib «munozara joy», yani «parla» - gap-so'z, bahs, «ment» - joy, urin demakdir. Parlament birinchi marta Angliyada XII asrning oxirlarida vujudga keldi va hozirgacha bu davlatning siyosiy hayotida yangi va eski shakllarni omuxta kilgan holda yashab kelmokda. Parlament demokratik davlatlarda (hozirgi vaqtda BMTga azo davlatlarning 140 tasida prezidentlik lavozimi mavjud bo'lib, ularning kupchiligi prezidentlik Respublikasidir. O'zbekiston ikki palatali parlamentni tula-tukis shakllantirganida bunday davlatlarning 75 chisiga aylanadi). Oliy vakillik va qonunchilik organining nomidir. Oliy vakillik organlari bir necha mamlakatlarda jumladan Angliya, Fransiya, Italiya, Kanadada, Belgiyada to'g'ridan-to'g'ri parlament deb ataladi. AKSh va bazi Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Ispaniyada kortes, Rossiyada Federal Majlis, Litva, Latviya, Polshada Seym deb ataladi. O'zbekistonda esa u Oliy Majlisdir. Parlamentni tashkil qilish tartibi, vakolat muddati, vakolat doirasi turli mamlakatlarda turlicha bo'lib, ular Konstitutsiya hamda qonunlarga belgilab kuyiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan O'zbekiston Oliy Majlisining qonun chiqarish sohasidagi mutlok vakolatlarini shaqlan 5 guruhga bo'lish mumkin: 1) davlat qurilishi sohasi; 2) xo'jalik sohasi; 3) boshqaruv va sud organlarini tuzish; 4) qonunchilik sohasi; 5) xalqaro aloqalar sohasi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni Oliy Majlis amalga oshirishi mumkin. O'zbekiston Oliy Majlisi va uning idoralarining faoliyati tartibi Oliy Majlis tomonidan tasdiklangan «Ish tartibi» bilan hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida chikariladigan boshqa qonunlar bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyati masalalarni jamoa bo'lib, erkin muxokama qilish va xal etishga, oshkoralikka, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdigi bilan tuziladigan idoralar, u saylaydigan, tasdiklaydigan mansabdor shaxslar Oliy Majlis oldida masul bo'lishi, qonunchilikka, fuqarolarni davlat va jamoat ishlariga keng kulamda jalb qilishga, jamoatchilik fikrini doimo hisobga olishga asoslanadi. Oliy Majlis yigilishi jami deputatlarning kamida uchdan ikki kismi ishtirok ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.01 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.01 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga