Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini Ustoz-shogird usulida tashkil etish to'g'risida nizom

Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini Ustoz-shogird usulida tashkil etish to'g'risida nizom

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini Ustoz-shogird usulida tashkil etish to'g'risida nizom - rasmi

Material tavsifi

Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini Ustoz-shogird usulida tashkil etish to'g'risida Nizom I. Umumiy qoidalar Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, xalq ta'limi tizimida faoliyat kursatayotgan pedagog kadrlarning lavozim majburiyatlari, ularning kasbiy tayyorlanganligiga qo'yiladigan umumiy malaka talablari asosida pedagog kadrlarning ta'lim muassasasida Ustoz- shogird usulida uzluksiz malakasini oshirishni tashkil etish hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2006 yil 16 fevraldagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risidagi 25-sonli karori asosida Ustoz-shogird metodi bo'yicha ta'lim muassasasida o'qitish (innovatsiya metodi)ni amalga oshirish tartibini belgilaydi. P.Ustoz-shogird maktabini tashkil etish tartibi Ta'lim muassasasida pedagog kadrlarning Ustoz-shogird usulida uzluksiz malakasini oshirishni tashkil qilish uchun tuman(shahar) xalq ta'limi bo'limlari tomonidan ustozlar tanlovi amalga oshiriladi. Ustoz xar bir fan yo'nalishi bo'yicha quyidagi talablarga javob bera oladigan nomzodlar orasidan tanlab olinadi: oliy pedagogik ma'lumotga ega bo'lishi; o'zi faoliyat olib borayotgan ta'lim yo'nalishi bo'yicha kamida 10 yillik pedagogik stajga ega bo'lishi; o'z fani yo'nalishida ilg'or tajribaga ega, ijodkor, tashabbuskor, yangilikka intiluvchan. muntazam ravishda sohaviy bilimlarini oshirib borishi; uning faoliyati to'g'risida ta'lim muassasasi rahbarlari, kasbdoshlari, o'quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan ijobiy bahoga ega bo'lishi; kamida ikki marta malaka oshirishdan o'tgan bo'lishi; oliy yoki birinchi toifali o'qituvchi bo'lishi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli karori bilan tasdikdangan Pedagog kadrlarning tayyorlanganligiga qo'yiladigan talablar. Umumiy malaka talablari ga muvofik o'qitish, tarbiyalash, o'quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta'minlaydigan shaxsiy sifatlarga, ta'lim olayotganlarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahoratiga ega bo'lishi kerak. Shu bilan birga: Respublika va mahalliy matbuotda e'lon qilingan makola yoki ilmiy, ilmiy-metodik, ilmiy-amaliy anjumanlarda ma'ruzachi sifatida ishtirok etib, to'plamlarda chop etilgan ma'ruzalar muallifi; -Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi, Yilning eng yaxshi pedagogi, yoki Yilning eng yaxshi tarbiyachisi kurik-tanlovi sovrindori; o'quvchilarining fanni uzlashtirish sifat ko'rsatkichi yuqori bo'lishi va boshqa ko'rsatkichlari xam hisobga olinadi. Ustoz-ukiguvchilarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Iste'dod jamgarmasida tashkil etiladigan kurslarda hamda turli o'quv seminar va treninglarda tayyorgarlikdan o'tkazib borish kuzda tutiladi. Tanlangan ustoz o'z ish joyidagi xizmat vazifalarini tulik bajarishi va shu bilan birga, uziga biriktirilgan shogirdlar bilan shugullanishi uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda bir Ustozga kupi bilan 3 nafar shogird biriktiriladi. Shogirdlardan bir nafari Ustoz ishlaydigan ta'lim muassasasidan, kolgan ikki nafari Ustoz ishlaydigan makgabga yaqin hududdagi maktablardan, ulardagi tegishli fan metodika birlashmalarining tavsiyasiga binoan tanlanib, tuman(shahar) xalq ta'limi bo'limi buyrugi bilan ustozga biriktiriladi. Shogirdlarni tanlashda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi kuyidagicha bo'lishi kuzda tutiladi: 1 - shogird 8-10 yillik pedagogik ish stajiga ega, tajribali, kasbiy mahorati yuqori bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.37 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.37 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga