Pedagogik amaliyot davrida psixologiyadan beriladigan topshiriqlar

Pedagogik amaliyot davrida psixologiyadan beriladigan topshiriqlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik amaliyot davrida psixologiyadan beriladigan topshiriqlar - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik amaliyot davrida psixologiyadan beriladigan topshiriqlar Reja: Malakali mutaxassislar tayyorlashda pedagogik amaliyotning o'rni. O'quvchi shaxsiga pedagogik - psixologik tavsifnoma tuzish. Darsning pedagogik - psixologik tahlili. Tarbiyaviy tadbirlarning pedagogik - psixologik tahlili. Pedagogika instituti talabalarini pedagogik faoliyatiga tayyorlashda va ularni yuqori malakali mutaxassis qilib tarbiyalashda maktablarda olib boriladigan pedagogik amaliyotning roli nixoyatda muhimdir. Pedagogik amaliyot psixologik jihatdan talabaning nazariy tayyorgarligini tuldiradi va boyitadi, olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirishga, amaliy vazifalarni xal qilish uchun o'rganilgan fanning nazariy qoidalaridan foydalanishga imkon yaratadi. Shuning uchun xam pedagogik amaliyot talabalarni kelgusi faoliyatga tayyorlash vositasidan biri hisoblanadi. Chunki, talaba pedagogik nuqtai nazardan Umumiy, Yosh va pedagogik psixologiyadan olgan nazariy bilimlarini amaliyot jarayonida amalda tatbik qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Amaliyotchi talaba o'qituvchi sifatida o'quvchilarning yoshlik va individual psixologik xususiyatlarini bilibgina kolmay balki ta'lim, tarbiya va o'qituvchi psixologiyasidan olgan nazariy bilimlardan ta'lim - tarbiya jarayonida foydalanishga o'rganadi. Psixologik ma'lumotlarga suyanib ayrim o'quvchilarga va sinf jamoasiga tavsifnoma tuzish, darslarni psixologik tomondan tahlil qilish tadbirlarni o'tkazish va uning mazmuni, tuzilishi, tarbiyaviy ahamiyatini psixologik jihatdan baholaydilar. Ular sinf rahbari sifatida o'z tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish, o'z sinfi o'quvchilarining xususiyatlarini o'rganish, bir kancha tadbirlarni mustaqil tayyorlash kabi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Shuningdek, talabalar uzlarining pedagogik qobiliyatlarini sinab kuradilar va yoshlarga bilim, ko'nikma va malakalarni singdirishda, ularning aqliy faoliyatlarini rivojlantirishda qanday qobiliyatlarini tarkib toptirish lozimligini bilib oladilar. Pedagogik amaliyot jarayonida talaba o'qituvchigina emas, u psixolog ekanligini yodda tutmogi lozim. Chunki yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun yaxshi psixolog xam bo'lishi lozim. o'quvchilarning xususiyatlarini bilish, ularning kalbiga yul topa olish, muloqotda bo'lish malakasini egallash, ularni faol va mustaqil fikrlashga o'rgatish qobiliyatlarini shakllantirish psixologiyani bilishni talab qiladi va talabalar bu urinda psixologiyadan olgan bilimlar tizimiga suyanadilar. Pedagogik amaliyot faol professional harakatlarni amalga oshirish va professional o'qituvchining dastlabki tajribalari bilan qurollantirish uchun kulay shart-sharoit yaratadi. Pedagogik amaliyot davomida II kurs (besh yillik kurslarda IV kurs) talabalari o'quvchi shaxsiga psixologik - pedagogik tavsifnoma yozadilar. IV-kurs (5 yillik kurslarda V kurs) talabalari esa: Sinf jamoasiga pedagogik - psixologik tavsifnoma Bir soatlik darsning pedagogik - psixologik tahlili Sinfdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni psixologik tomondan tahlil kiladilar. Uningdek, bir o'quvchi shaxsiga va jamoaga tavsifnoma yozish uchun psixologik faktlar to'plashlari talab qilinadi. Shu maqsadda ular o'quvchi va sinf jamoasining o'ziga xos xususiyatlarini kuzatib borgan ma'lumotlarni har kunligini yozib boradilar. Bu ma'lumotlar amaliyotning oxirida o'quvchi shaxsiga yoki sinf jamoasiga tuziladigan tavsifnoma uchun «material» bo'ladi. Talaba shuni esdan chikarmasligi lozimki, u kuzatayotgan o'quvchi yoki sinf jamoasi o'zini kuzatilayotganligini sezmasligi lozim. Aks holda o'quvchilar talabadan uyalib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.38 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.38 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga