Pedagogik axloqning tarixiy ildizlari Reja: 1. Kasb axloqining vujudga kelishi 2. O'zbek xalq pedagogikasi - o'qituvchi odobnomasining manbaidir 3. Zardushtiylikda axloqiy g'oyalar 4. Yunon, Rim pedagoglari pedagogik odob haqida 5. Ilm o'rganish odobi haqida islom ta'limoti 6. XI-XVI asrlarda Movarounnahrda o'qituvchi odobi muammosi 7. XVI-XX asr pedagogikasida o'qituvchi odobi muammosi 8. 1917-1990 yillarda o'qituvchi odobi masalalari Pedagogik axloqning paydo bo'lishi insoniyat tarixining eng qadim zamonlariga borib taqaladi. U o'qituvchilik kasbi bilan birga tarbiyachilik faoliyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelgan. Ma'lumki, umumiy ta'lim maktablarida , o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi mutaxassisni-o'qituvchi, muallim, pedagog, ustoz, mudarris, domla deb yuritiladi. O'qituvchilik eng qadimiy va boqiy kasblardan hisoblanadi. O'qituvchilik kasbining, u bilan birga pedagogik axloqning vujudga kelishi ham kishilik jamiyati tarixida tarbiyaning paydo bo'lishi, ya'ni insonlar to'plagan yurish-turish, xatti-harakatlar, mehnat sohasidagi dastlabki tajribalarni, urf-odatlarni, aqliy, axloqiy, ilohiy bilimlarni yoshlarga o'rgatish; yozuv ixtiro qilingach-o'qish, yozishni o'rganish uchun tashkil etilgan dastlabki maktablarning payodo bo'lishi bilan uzviy bog'liq. Odamlar to'plagan turmush tajribasini yoshlarga o'rgatish, ularni hayotga, mehnat qaoliyatiga tayyorlash ehtiyoji natijasida qadim zamonlardayoq ta'lim va tarbiya mustaqil ijtimoiy faoliyat sifatida paydo bo'ldi. Materialistik ta'limotga ko'ra ibtidoiy tuzum davrida tarbiya mehnat jarayonida vujudga kelgan, jamoada amalga oshirilgan; yoshlarga mehnat ko'nikmalari, jamoaning urf-odatlari, marosimlarini bajarish o'rgatilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumining urug'chilik bosqichida tarbiya ijtimoiy vazifa sifatida ajrilib chiqqan, ya'ni keksa yoshdagi kishilar yuolalarni tarbiyalash ishi bilan shug'ullangan. Bolalarning tanasini chiniqtirish, chidamlikka o'rgatish, harbiy jismoniy mashqlarni bajartarishga ko'proq e'tibor berilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilish davrida bola tarbiyasi oilada amalga oshiriladi. Ayrim kishilar tajriba natijasida dehqonchilik, chorvachilik, tabibchilik, kasb-hunar sohalarida to'plangan aqliy, axloqiy bilimlarni o'z bolalariga, yaqin kishilar va hukmdorlarning bolalariga o'rgata boshlaydilar. Ilohiy ta'limotga ko'ra tarbiya bu, o'zligini anglash, o'z-o'zini boshqarish, tevarak-atrofdagi olamni bilib olish, yer yuzida va jannatda yashash uchun hozirlik ko'rish, tangri dargohiga intilishdan iborat. Dinlar paydo bo'lgach, diniy tarbiya muqaddas kitoblardagi g'oyalar asosida ota-onalar yoki maxsus tayyorlangan kishilar tomonidan amalga oshirilgan. Mashxur chex pedagogi Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida ko'rsatishicha, qadim zamonlarda ota-onalar, odatda, o'z bolalarini oilada o'zlari tarbiyalaganlar. Lekin ota-onalar har xil bo'ladi: bolaga ta'lim-tarbiya berish bir xilining qo'lidan kelsa, bir xilining qo'lidan kelmaydi; bola tarbiyasi uchun ba'zilarining vaqti bo'lsa, ba'zilarining vaqti bo'lmaydi. Og'ir tabiatli maxsus kishilarga berib shqitganlar. Yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi bunday kishilarni pedagog, professor deb, bolalarni to'plab o'qitiladigan joyni-maktab, gimnazim, akademiya, universitet det ataganlar. Uning fikricha eng qadimgi maktablar Sharq mamlakatlarida, jumladan, Xoldey, Vavilon, Misrda, Isroil shaharlarida ochilgan. Maktab ochishni misrliklardan greklar, greklardan rimliklar o'rganib olganlar (Buyuk didaktika. T., O'qituvchi, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.26 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
53.26 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:44 ]
Arxiv ichida: doc