Pedagogik dasturlardan foydalanish. Ularni tarmoq orqali uzatish

Pedagogik dasturlardan foydalanish. Ularni tarmoq orqali uzatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik dasturlardan foydalanish. Ularni tarmoq orqali uzatish - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik dasturlardan foydalanish.ularni tarmoq orqali uzatish Reja: Pedagogik dastur vositalari va ularning turlari. Fanlar bo'yicha mavjud pedagogik dasturlarni EHM xotirasiga yuklash va o'quvchilar kompyuterlariga o'tkazish. Pedagogik dastur «menyu» si bilan tanishtirish va undan foydalanish asoslarini o'rgatish. Bilim olish va bilim berish sohasida ham jiddiy o'zgarishlar ro'y bermoqda va bu sohadagi axborotlar ko'pchilikda qizikish uyg'otmoqda. Biror sohada tez va qisqa vaqt ichida eng kerakli bilimlarni o'zlashtirish, yani bilimlar bozoridagi munosabatlar jiddiy o'zgardi. Bu borada pedagogik dastur vositalarini tuzish va undan dars jarayonida foydalanish bilim olish sifatini tubdan o'zgartiradi. Shunday ekan, darsdagi o'quv materialini tushuntirishdan boshlab, uyga vazifalarni berishgacha bo'lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish ehtiyoji tug'iladi. Pedagogik dastur vositalarini shartli ravishda uchta: uskunaviy dastur vositalari, nazorat qilish dastur vositalari va o'rgatishni takomillashtiruvchi dastur vositalari kabi asosiy guruhlarga ajratish mumkin. Uskunaviy dastur vositalari foydalanuvchining qandaydir bir yo'nalishdagi masalalarni yechishga mo'ljallangan dastur qobiqlaridir (masalan, Power Point dasturi). Bunday dasturlar o'qituvchi tomonidan ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlarni qayta ishlagan holda malum darslarni yaratish (savol va javoblar to'plamini ifodalash, chizma va rasmlarni hosil qilish hamda harakatlantirish, ovozli va rangli effektlarni namoyish etish) imkonini beradi. Nazorat qilish dastur vositalari, asosan, test dasturlaridan iborat bo'ladi va ma'lumotlar omboridagi savollardan foydalangan holda yoki o'qituvchi tomonidan tuzilgan testlar asosida o'quvchilar bilimini nazorat qilish imkonini beradi. O'qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalariga predmet o'qituvchisi, psixolog, dasturchi, dizayner kabi qator mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar kiradi. O'qituvchi ular asosida predmetdagi tegishli mavzular bo'yicha dars jarayonini olib borishi mumkin. Bunday darslarni tashkil qilish o'quvchilarda shaxsiy qobiliyatlarni, yani diqqat, kuzatuvchanlik, mantiq, fikrlash tezligi, xulosa chiqarish qobiliyati kabi qator ijobiy xususiyatlarning rivojlanishiga va dars samaradorligining oshishiga olib keladi. Bilimlar ombori yoki pedagogik dastur vositalaridan dars yoki darsdan tashqari jarayonlarda foydalanish katta didaktik ahamiyatga ega. Bunday dasturlardan foydalanishning afzallik tomonlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: o'quvchilarda kerakli texnikaviy ko'nikmalarni hosil qilish vaqti qisqaradi; bajartirishga mo'ljallangan topshiriqlar soni va topshiriqni mustaqil bajarish ko'lami ortadi; talabaning ishida optimallash tabiiy ravishda hosil qilinadi; o'qitishda tabaqalashtirish faollashadi; talaba ta'limning subyektiga aylanadi, chunki dastur undan faol boshqarishni talab qiladi; kompyuter annimatsiyasi darslarni jonli olib borish imkonini beradi; o'qishga nisbatan motivlar oshadi-dastur bilan muloqot o'quvchilarda darsga ishtiyoqni oshiradi; darsda ma'lumotlar omborining uzoqdagi manbalaridan (Ye-mail, internet va h.k.) ma'lumot olish va shu asosda dars mazmunini boyitish ta'minlanadi. Pedagogik dastur vositalarining kamchiliklariga o'quvchilarda nutq madaniyati, grafik va yozish madaniyatini rivojlantirishga etarli etibor berilmasligi misol bo'ladi. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib dars o'tishga juda katta etibor berilmoqda. Dars jarayonida turli elektron darsliklar va videotasvirlardan foydalanish juda yaxshi natijalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 97.25 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 97.25 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga