Pedagogik diagnostika fanining mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari Reja: Diagnostika qilish haqida umumiy tushuncha Pedagogik diagnostika fanining maqsadi va vazifalari Bilim olish, bilimlilik va tarbiyalaganllik diagnostikasi Professional ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar o'zining pedagogik faoliyatida pedagogik diagnostika bilan shug'ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Xar kanday faoliyat zamirida xam amalga oshirilgan ishlarning pirovard maksadi, vazifalari va kutilgan natijalari buladi. Faoliyat natijalarini sarxisob kilish, amaliy xulosalar yasash - bush yoki muvaffakiyatli urinlarni bеlgilab olish, faoliyatning kеyingi boskichlarida uni xisobga olish diagnostika dеyiladi. Pedagogik diagnostika o'quvchining o'zlashtirishi, o'qishdagi qiyinchiliklarini, uning o'qishiga ta'sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o'rganishga yo'naltirilgandir. Diagnostika natijalari esa ta'lim-tarbiya jarayonini to'g'ri rejalashtirish, yo'l qo'yilgan hatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib boorish imkonini beradi. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o'z farzandining bahtu saodati, fazlu kamolini ko'rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, 'zini ayamaydi. Bola tug'ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an'analar, qadriyatlar, urf - odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi. O'zbek oilasi mustabidlik zamonida ham o'zining tarixan shakllangan qiyofasini yo'qotmadi. Ulug' adibimiz Abdulla Qodiruy qahramonlaridan birining: Bu xonadondan hech kim norizo bo'lib ketgan emas, deya aytgan gaplarida elimizga xos katta hayotiy falsafa mujassam. Bu yo'q joydan paydo bo'lgan gap emas. Ota - onaning farzand oldidagi burchlari, o'zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Dinu diyonatli xonadon oqsoqollaridan so'rasangiz, ularni lo'nda qilib sanab beradi: yaxshi nom qo'yish, yaxshi muallim qo'liga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli - hunarli qilish, boshini ikki, uyli - joyli qilish. Mana shuning uchun ham bugungi kunda biz bu masalaga jiddiy e'tibor bermoqdamiz. Shuning uchun ham bu maqsadga qaratilgan loyihalar jamoatchiligimiz diqqat - e'tibori markazita o'tmoqda, tarbiya sohasi isloxoti bugungi eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Lo'nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri - bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz. Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so'z bilan aytganda, o'zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib obro'li o'rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o'zining yuksak madaniyati ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.01 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.01 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:44 ]
Arxiv ichida: doc