Pedagogik diagnostikaning tadqiqot metodlari REJA: Pedagogik diagnostikaning tadqiqot metodlari haqida umumiy tushuncha Pedagogik diagnostika - kuzatuv metodi Pedagogik diagnostikada so'roqlash metodi Pedagogik diagnostikaning test metodi Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo'ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash, bo'sh yoki muvaffaqiyatli o'rinlarni belgilabolish - faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish pedagogik diagnostika deyiladi. Pedagogik diagnostika ta'lim samaradorligi, ish mazmuni olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilihda katta ahamiyatga ega bo'lib, ilg'or ta'lim muasasalarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalgam oshirilmoqda, yutuqlar mustahkamlanib, yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida yosh strategic yo'nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo'lga kiritilmoqda. Savol tug'iladi: bola qobiliyati, imkoniyat, bilimi, egallangan ko'nikmalarining o'lchovi bormi? bolaning bilish va ko'nikmalarini belgilashga o'qituvchu aralashgani ma'qulmi, yoki o'ziga-o'zi baho bergani afzalroqmi? Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish, pedagogik diagnostikaning predmetidir. Mana shu maqsadni ro'yibga chiqarish yo'l-yo'riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogik faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan beri mavjud bo'lsa bu faoliyatning me'yoralari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o'quvchi bilimiga baho qo'yish, uni sinov va imtixon qilish pirovard ish natijalarini belgilab olish boshlangan yerda pedagogik diagnostika ham mavjud. Faqat farq shundaki, ibtidoiy va o'rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini diagnostic tahlil qilishning ilmiy asosi yo'q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo'lga qo'yish 20 asr boshlarida amalgam oshirilgan. Shu boisdan, bu pedagogik jarayonning nomlanishi ham turlicha bo'lgan. Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o'zlashtirish asosi deyiladi. Boshqalar diagnostika o'qitishni jadalashtiruvchi axborotdir deb hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostic egallagan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrn ilgari suradilar. Taniqli pedago olim Matserman pedagogik diagnostikani O'quvchi o'zlashtirishi bilan o'quv materialini to'g'ri tanlash maqsadni to'g'ri yo'naltirish mezonidir deb hisoblaydi. Aslida pedagogik diagnostika o'quv materialini bilish jarayonining asosini tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika: birinchidan, o'quvchiga individual ta'lim berishni jadallashtiriladi; ikkinchidan, davlat va jamiyatning ta'limga qo'ygan talablaridan kelib chiqib, oquvchi bilimin to'g'ri, adolatli baholashni ta'minlaydi; uchinchidan, ishlab chiqilgan ta'limiy mezon, kriteriyalar orqali o'quvhcining sinfdan singdan o'tishida, mutaxassislikka qabul qilinishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi. Pedagogik diagnostika yordamida ta'lim-tarbiya jarayoni to'g'ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to'g'ri baholanadi, boshqacha qilib aytganda, pedagogik diagnostika orqali ta'lim obyekti, ta'limiy tushunchalar qay darajada o'zlashtirilganligi tahlil etiladi. Butun o'quv kursini, o'quv dasturlaini o'zlashtirish darajasi baholanadi. Pedagogi diagnostika muhim ahamiyatga ega. U ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.83 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.83 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:44 ]
Arxiv ichida: doc