Pedagogik eksperiment

Pedagogik eksperiment

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik eksperiment - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik eksperiment Reja: 1. Pedagogik eksperiment metodi haqida tushuncha. 2. Eksperiment nazariyasi va uning ilmiy asoslari. 3. Pedagogik eksperiment obyektlari. 4. Eksperiment metodini qo'llash yo'llari. Asosiy tushunchalar: pedagogik eksperiment, ilmiy-tadqiqot metodi, ilmiy faraz, obyekt, subyekt, fakt, natija. Eksperiment ( lotincha - sinab ko'rish, tajriba) tadqiqotining yetakchi metodi hisoblanadi. Eksperimentning maqsadi maxsus tashkil qilingan sharoitda, tadqiqotchining kontrolligida pedagogik protsess, hodisa, pedagogik munosabat va boshqalarni o'rganish. Eksperiment natijasida faqat pedpgogikaning eng murakkab muammolari o'rganilib kolmasdan, balki yangi didaktik va tarbiyaviy tizimlar yaratiladi. Eksperimentning mohiyati shundan iboratki, tadqiqotchi sharoitni, tarbiyaviy protsess mazmuni va metodlarini turli ko'rinishda o'zgartiradi va bu bilan qaysi variant to'g'riligini tekshiradi. Keyin u olingan faktlarni umumlashtirib, analiz qilib. taqqoslab, bosh va ikkinchi darajali belgi, komponent va boshqalarni ko'rsatib tushuntiradi. Shunday asosda, o'rganilayotgan hodisaning mohiyatini ochib beruvchi nazariya yaratiladi. Eksperiment nazariyasi, uning ilmiy asoslari L.F. Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi, keyin bu nazariya bir kancha olimlarning ishlarida aks etdi. ( N. K. Bauman, V. I. Gmurman, M.N.Skatkin, S.G. Shapavalenko, G.I.Shukina va boshqalar). Eksperimentda tadqiqot obyektini ilmiy aniqlash muhim ahamiyatga ega. Pedagogik eksperiment obyektlari quyidagilar bo'lishi mumkin. Pedagogning ma'lum sharoit va yo'nalishdagi faoliyati va axloqiy qoidalar shakllanishining yangi usullaridan foydalanish jarayoniga rahbarlik qilishi. O'quvchilar faoliyatining har- xil turlari va xususiyatlari uning yo'nalishi, xarakteri va darajasi. 3. Bola shaxsi, uning tarbiya tizimi, pedagogik ta'sirlarga munosabati, bilim va axloqiy normalarini egallash yo'llari. 4. O'quvchilar jamoasi, uning tarkibi, yo'nalishi, alohida shaxsga ta'sir kuchi, jamoaviy faoliyat, shaxslararo munosabatlar va boshqalar. Pedagogik eksperiment obyekti bolaga oilada, maktabda, kuchada va maktabdan tashqari muassasalar jamoalari tomonidan bo'ladigan ta'sirlar ham bo'lishi mumkin. Eksperimentga tayyorgarlik va uni ishlab chiqish, tadqiqot yo'nalishida uning o'rni va maqsadini aniqlashni talab etadi. Eksperiment ikki qismdan iborat bo'ladi: obyekt bilan maxsus ish olib borish ( ta'lim - tarbiya mazmuni, metodi va shaklini o'zgartirish, maxsus sharoit yaratish, tarbiyalovchi munosabatlar tashkil qilish va boshqalar). Maxsus tashkil qilingan faoliyat natijalarini ro'yxatga oluvchi ma'lumotlarni to'plash ( kuzatish, anketa va oldin aytilgan tadqiqot metodlari ham kullaniladi). Eksperimental ishning birinchi bo'limi - bolalarga ma'lum tarbiyaviy maqsadlarga ta'sir metodlari va stimullari orqali tashkil qilingan sharoitlar asosida amalga oshiriladi ( rejim, an'ana, jamoa hayotining zavkli tomoni va boshqalar). Tadqiqotchi hamma tashqi sharoitlar, boshqa tarbiyaviy ta'sirlarni nazorat ostiga olishi lozim, keyin bolaning ma'naviy dunyosiga ta'sir qiladigan, bir maqsadga ko'rsatilgan tashqi ta'sirlarni tashkil qilish lozim. Shunday sharoitlar yaratish lozimki, bu sharoit tekshirilayotgan jarayon, voqea va hodisalarni istalgan yo'nalishda rivojlanishiga xizmat kilsin. Buning uchun esa eksperiment o'tkazishdan oldin puxta tayyorgarlik ko'rish, pedagogik vaziyatni o'rganish lozim. Pedagogik munosabatlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.15 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.15 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga