Pedagogik faoliyat maqsadi va uning o'ziga xosligi

Pedagogik faoliyat maqsadi va uning o'ziga xosligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik faoliyat maqsadi va uning o'ziga xosligi - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik faoliyat maqsadi va uning o'ziga xosligi Farhodova Zarina Reja: Pedagogik faoliyatning mazmuni. Pedagogik faoliyatning asosiy komponentlari. Pedagogik faoliyatning insonparvarlikka yo'naliganligi. O'qituvchilik mahorat. Boshqa barcha faoliyatlar kabi pedagogik faoliyat ham o'zining xususiyatlari bilan ajralib turuvchi maqsad, vazifa, obyekt, subyektdan va komponetlardan iborat. Pedagogik faoliyatning maqsadi Pedagogik faoliyatning maqsadi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, jamiyat tomonidan belgilanadi, va asosan yosh avlod shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu faoliyat, avlodlarning o'zaro ijtimoiy bog'liq aloqalarini amalga oshirishga yoshlarni tayyorlash, insonning tabiiy imkoniyatlaridan jamiyat tajribalarini egallashda foydalanishdan iborat. O'qituvchi faoliyati O'qituvchi faoliyati boshqalar faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, o'qituvchi faoliyati o'quvchilar faoliyati asosida quriladigan faoliyatdir. Misol uchun olganda, murakkab, ziddiyatli bir holatda pedagog baqirmaslikka, u yoki bu shaxsni ajratib ko'rsatmaslikka harakat qilishi kerak, balki tarbiyalanuvchilar o'zlari mazkur sharoitdan to'g'ri xulosa chiqarishi uchun imkoniyat bermog'i lozim (tikilib turishi, jim turishi, keskin gapirishi). Boshqa odamlarning (faoliyatini boshqarish shu jihatdan ham murakkabligii, tarbiya maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagini loyihalashtiradi. Albatta, bu maqsad o'qituvchi uchun yaqin va tushunarli, chunki u: «Sen bilishing, uddalashing, bajarishing kerak», deb talab etadi. Lekin bola shu birgina kun tashvishi bilan yashaydi, bugungi kun muammosini hal etib boradi. Kelajak uning uchun juda ham uzoq. Bunday qarama-qarshilikni tarbiya fojiasining asosi deyish mumkin. Pedagogik mehnatning obyekti: - Inson bo'lib «shakllanayotgan shaxs ma'naviy turmushining nozik tomonlari - aql, his, iroda, ishonch o'z-o'zini anglash»dir. HOZIRGI ZAMON PEDAGOGIKASI Umuman olganda, hozirgi zamon pedagogikasi, hamkorlik pedagogikasi ta'lim muassasalarida munosabatlarni demokratlashtirishga yo'naltirilgan bo'lib, bolani pedagogik jarayonning ishtirokchisi, yordamchisiga aylantirib, uning faoliyatini faollashtirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Haqiqiy o'qituvchi pedagogik faoliyatning asosiy komponentlari (maqsad, vosita, obyekt, subyekt)ni tushuna borib boshqarishni bilishi, maqsadlarni aniqlay olishi, subyektni faollashtirishning zarur vositalarini tanlab olishi kerak. Pedagogik mahoratning yuzaga keltirish Pedagogik mahoratning yuzaga keltirish oliy o'quv yurtining butun hayotni pedagoglashtirish orqaligina muvaffaqiyatli hal etiladi. Ayniqsa oliy o'quv yurtida o'tkaziladigan pedagogik bayramlar, o'qituvchilar kuni, pedagogik masalalarni teatrlashtirilgan holda yechish, topshiriqlar musobaqasi, «Mehribon ko'z» konkursidagi chiqishlarni tahlil etish, pedagogik o'qishlar, «Talabalar, javob bering» kechasi, turli mashhur pedagoglar bilan uchrashuvlarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 359.47 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 359.47 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga