Pedagogik faoliyat tizim sifatida pedagogik faoliyatning tarkibiy qismlari Reja: Pedagogik faoliyat drammaturgiyasi va rejissurasi. Aktyorlik psixo-texnikasining amaliy usullarini egallashning zarurligi. Xotira, diqqat va xayolni mashq qildirish aktyorlik psixotexnikasining uch asosiy qismi. Pedagogik faoliyat drammaturgiyasi va rejissurasi. Tarbiyaviy jarayon ijodkorlikdan iboratdir, lekin u pedagogik vaziyatni tahlil qilish mahoratida ham, bolalar bilan bevosita o'zaro hamkorlik qilishda ham namoyon bo'ladi. Tarbiyachi ijodkorligining o'ziga xosligi shundan iboratki, u ijodiy fikrini o'z shaxsi orqali amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogikada ijodkorning shaxsi bilan ijodkorlik quroli (vositasi) birbiriga mos keladi bunda tarbiyachining o'z-o'zini namoyon qilishi juda katta rol o'ynaydi. Bu jihatdan o'qituvchi ning faoliyati bir qator xususiyatlari bo'yicha aktyor, rejissyorning badiiy-ijodiy faoliyatiga yaqindir. Shuni qayd etib o'tish kerakki, teatr ijodkorligida va pedagogik ta'sir ko'rsatishda, yani pedagog bilan bolalarning bevosita o'zaro harakati bilan bog'liq bo'lgan hissi o'zaro fikr almashish sohasida ko'pgina umumiy tomonlar bor. Tarbiyachi pirovard natijada pedagogik ta'sir ko'rsatish drammaturgiyasini ishlab chiqadi, uni rivojlantirish sohalarni belgilaydi, tarbiyaviy ta'sirlar rejasini tuzib chiqadi, bu reja u yoki bu tarbiyaviy syujetni rejissiorona ko'rishni nazarda tutadi, nihoyat, pedagogning o'zi tarbiyaviy g'oyalar va yo'lyo'riqlarning faol uzatuvchisi bo'lib maydonga chiqadi. Bu ikkala ijodiy jarayonni muomala va o'zaro faqat bir-biriga yaqinlashtiradi. Ular ham teatr ijodkorligi ham, pedagogik ijodkorlikning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shu bilan birga kishi shuni aniq bilishi kerakki, bu faoliyat turlaridagi o'xshash qismlar chuqur o'ziga xos qismlar sifatida namoyon bo'ladi, bunga sabab avvalo shuki, bu ijodiy jarayonlarning o'zi, tuzilishi va vazifalariga ko'ra aynan o'xshashdir. Gap teatr ijodkorligi nazariyasidan, xususan K.S.Stanislavskiy sistemasidan pedagogik ta'sir ko'rsatish mahoratini oshirishda foydalanash imkoniyatlari haqida bormoqda. Masalan, jarayonning hissiy sohasini tahlil qilish borasida teatr pedagogikasi tomonidan to'plangan bir muncha tajriba asosida o'zaro fikr almashish amalga oshiriladi va bu tajriba pedagogning ijodiy mehnatiga o'xshash jarayonlarni tushunish foydalidir, bu esa tarbiyaviy mahoratni samarali egallashga yordam beradi. Teatr faoliyati va pedagogik faoliyati maqsadning o'xshashligi ham yaqinlashtiradi. Har ikkala holatda ham maqsad kishiga ta'sir ko'rsatishi va kishida muayyan kechinmalar vujudga keltirish sifatida belgilanishi mumkin. Teatr va pedagogik faoliyat bir xilda ekanligining uchinchi ko'rsatgichi ta'sir ko'rsatish qurolining umumiyligidir. Har ikkala holda ham pedagog bilan aktyorning o'z psixofizik tabiati ana shunday qurol vazifasini bajaradi. Pedagogik faoliyatda pedagogik yo'nalish hosil qiladigan va bir-biriga ta'sir ko'rsatadigan qobiliyatlarning alohida bir tarkibi vujudga keladi. Bu jihatdan A.S. Makarenkoning shaxsi diqqatga sazovordir. Bu shaxs o'zida pedagogik, adabiy, aktyorlik, musiqiy va tasviriy qobiliyatlarning o'zaro ta'sirini gavdalantiradi. Mazkur qobiliyatlar umuman Makarenko shaxsning pedagogik yo'nalishi oqimida amalga oshiriladi. Anton Semenovichning beqiyos qobiliyatga egaligini ko'p kishilar ko'rsatib o'tadilar, xususan, uni ovozni, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.25 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.25 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:44 ]
Arxiv ichida: doc